So’nggi yangiliklar

10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  3 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  10 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2

Superliga. 100 daqiqadan ortiq davom etgan, Bikmaev dublga erishgan o'yinda "Paxtakor" "Dinamo"dan ustun keldi va peshqadamga aylandi Yangiliklar

Superliga. 100 daqiqadan ortiq davom etgan, Bikmaev dublga erishgan o'yinda "Paxtakor" "Dinamo"dan ustun keldi va peshqadamga aylandi

Teglar :  PaxtakorDinamo
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Paxtakor" - "Dinamo" - 3:2
1 avgust 2022 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 20:00
Hakamlar:
Aziz Asimov (Toshkent), SHohruh Azamov (Farg'ona), SHohnur Yo'ldoshev (Guliston), Doston Mirzaraimov (Farg'ona).
VAR hakami: Asker Najafaliev (Toshkent).
Nazoratchi: Bobur Haydarov (Toshkent).
Komissar: Alisher Fayziev.

Gollar: Marat Bikmaev 19, - 0:1 (SHohruh Mahmudhojiev). Dostonbek Hamdamov 29, - 1:1 (Ikrom Aliboev). Dragan CHeran 45+1, - 2:1 (Pshemislav Banashak). Marat Bikmaev 71 penalti, - 2:2. Pshemislav Banashak 80, - 3:2.

"Paxtakor": 33.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 13.Ilya Martinovich, 34.Farruh Sayfiev, 7.Odiljon Hamrobekov, 6.Ikrom Aliboev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (42.Abbosbek Fayzullaev, 70), 10.Dragan CHeran, 17.Dostonbek Hamdamov (63.Muhammadali O'rinboev, 90+2), 8.Azizbek Turg'unboev (28.Diyor Xolmatov, 70), 19.Pshemislav Banashak.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 46.SHahriyor Jabborov, 52.Kirill Todorov, 66.Rustam Turdimurodov, 88.SHahzod Azmiddinov.

"Dinamo": 12.Miloe Prekovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.SHohruhbek Abdurahmonov, 15.Jo'rabek Mannonov, 17.Erkin Boydullaev, 20.Jasur Jumaev, 21.SHohruh Mahmudhojiev (10.SHohmalik Komilov, 70), 27.Marat Bikmaev (97.Fahriddin Alimov, 90+3), 31.Saydullo Rahmatov, 78.Elguja Grigalashvili, 88.Evgeniy CHumak (14.SHokir Yo'ldoshev, 90+1).
Zaxira: 35.Aslonbek Ahrorov, 16.Bobur Mamadaminov, 19.Islom SHaripov, 22.Abdujamol Isroilov, 30.Jasur Umarov, 70.Oybek Nurmatov.

Ogohlantirishlar: Pshemislav Banashak 22, Elguja Grigalashvili 40, Ikrom Aliboev 43, Erkin Baydullaev 55,



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+15. O'yin tugadi, "Paxtakor" irodali g'alabaga erishdi - 3:2.

90+14. ZARBA! Ikrom Aliboevning kuchli zarbasidan keyin Prekovich to'pni qaytardi! 

90+9. O'yin davom etadi, svet keldi

90+3. O'zgarish. Bikmaev o'rniga Alimov tushdi

90+2.  SVET O'CHDI! "Paxtakor" stadionning yoritkichlarida muammo - projektorning bir qismi o'chib qoldi...

90+2. O'zgarish. "Paxtakor". Hamdamov o'rniga O'rinboev tushirildi

90+1. O'zgarish. "Dinamo"da CHumak o'rniga Yo'ldoshev tushirildi

90. O'yinga 8 daqiqa qo'shib berildi

87. Fayzullaev Sayfiev bilan "devor" uslubida jarima maydoniga kirib bordi va Abbosning zarbasidan keyin to'pni Prekovich qaytardi

85. CHeran gol urdi, ammo bosh hakam qoida buzilgan deb topdi va golni inobatga olmadi

84. UXX! Rahmatovning chap qanotdan etkazgan uzatmasini Bikmaev darvoza tomon yo'llay olmadi...

80. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Pshemislav Banashak Fayzullaev tepgan to'pni darvozabon qaytardi va qaytgan to'pni Pshemislav darvozaga yo'lladi

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Marat Bikmaev penaltidan gol urdi - 2:2. 

71. O'zgarishlar. "Paxtakor". Sobirxo'jaev va Turg'unboev o'rniga Fayzullaev va Xolmatov tushdi

70. O'zgarish. "Dinamo". Mahmudhojiev o'rniga Komilov tushdi

70. PENALTI! Bosh hakam VARga murojaat qilib, "Paxtakor" darvozasi tomon penalti belgiladi!

58. Sayfievning oshirgan to'pini CHeran boshi bilan darvozaga yo'llashga urindi, urinish noaniq bo'ldi



55. Ogohlantirish. "Dinamo". Erkin Baydullaev

51. ZARBAA! Abdurahmonovdan xavfli zarba! Uning yo'llagan zarbasi biroz noaniq chiqdi...

46. Ikkinchi taym boshlandi 




45+2. Birinchi taym yakunlandi.

45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Banashakning to'p uzatishidan keyin Dragan CHeran gol urdi - 2:1

43. Ogohlantirish. "Paxtakor". Ikrom Aliboev

40. Ogohlantirish. "Dinamo". Elguja Grigalashvili



34. ZARBA! Hamdamovning zarbasidan so'ng raqib posboni to'pni qaytardi

29. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dostonbek Hamdamov jarima maydoni ichidan gol urdi - 1:1. 

22. Ogohlantirish. "Paxtakor". Pshemislav Banashak

19. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Marat Bikmaev sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qildi - 0:1! 



13. ZARBA! Grigalashvilining o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi!

4. ZARBAAAA! Banashakning birinchi zarbasini raqib posboni qaytardi, uning yana bir urinishidan so'ng to'p ustun yonidan o'tib ketdi

3. ZARBAAAAAAA! Marat Bikmaevning 17 metrlardan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib maydonni tark etdi!

1. Bahs boshlandi!

- O'yin soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика