Superliga. OKMK o'z maydonida kambek evaziga "So'g'diyona"ni mag'lub etdi
20 apr 19:55
Yangiliklar


Superliga. OKMK o'z maydonida kambek evaziga "So'g'diyona"ni mag'lub etdi
OKMK – "So'g'diyona" 3:2
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Muzaffar Yoqubov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Ruslan Serazitdinov
Komissar: Oybek Davletmurodov
Gollar: 0:1 – 47, Lyupcho Doriev (Otabek Ahadov), 1:1 – 52, Ali Abdurahmonov (Asadbek Sobirjonov), 1:2 – 57, Lyupcho Doriev (Ehsoni Panshanbe), 2:2 – 74, Xurshid G'iyosov (Dilshodbek Ahmadaliev), 3:2 – 83, Xurshid G'iyosov (Aziz Xolmurodov)
OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 3.Sardor Rahmonov (8.Aziz Xolmurodov, 63), 5.Giorgi Papava (9.Ruben Sanches, 76), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 15.Oybek Rustamov, 19.Ahmadullo Muqumjonov (21.Saidavzalxon Ahrorov, 46), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23. Ajak Riyak (27.Ali Abdurahmonov, 46), 77.Nodirbek Abdurazzoqov, 99.Asadbek Sobirjonov (10.Xurshid G'iyosov, 60)
Zaxira: 4.Mirjamol Qosimov, 13.Eldorbek Begimov, 25.Dilshod Yoqubov, 28.Arixiro Sentoku
"So'g'diyona": 21.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Zoir Jo'raboev (42.Sardorbek Erkinov, 87), 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 7.Xondamir Mustafoqulov, 8.Suhrob Izzatov (23.Sardorbek Hoshimov, 87), 9.Samandarjon Mavlonqulov, 14.Lyupcho Doriev, 17.Ehsoni Panshanbe (6.Samandar Sindarov, 78), 19.Javohir Qahramonov, 34.Dilshodbek Misraliev (32.Nodirjon Soyibov, 63)
Zaxira: 1.Shohruh Isoqov, 5.Behruz Jumatov, 20.Fazliddin Omonkeldiev, 28.Stanislav Andreev, 99.Umidbek Sultonov
Ogohlantirishlar: Ahmadullo Muqumjonov (38), Sardorbek Erkinov (90+4)
Chetlatish: Ehsone Payshanbe (90+1)
MATNLI TRANSLYACIYA
O'yin yakunlandi.
90+4. Sardorbek Erkinov qo'pol o'yin uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
90+1. Zaxiradagi Ehsone Payshanbe hakamga etiroz bildirgani uchun maydondan chetlatildi.
90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
87. "So'g'diyona" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.
83. GOL! G'iyosov raqib jarima maydonida o'z mahoratini namoyish etib, ikki raqibini dog'da qoldirdi va o'tkir burchakda turganiga qaramay, "So'g'diyona" darvozasini aniq nishonga oldi!
80. OKMK futbolchisining jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasini Sobirov qiyinchilik bilan qaytardi.
79. Dorievning chap qanotdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
78. "So'g'diyona" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.
74. GOL! Xurshid G'iyosov o'ng qanotdan uzatilgan to'pni bosh bilan "So'g'diyona" darvozasiga to'g'rilab qo'ydi va hisobni tenglashtirdi!
71. "So'g'diyona" jarima maydonida to'p uchun kurashda ikki jamoa futbolchilari to'qnashib ketdi.
67. Rustamov tomonidan yo'llangan zarbaga biroz aniqlik etishmadi.
63. Ikki jamoa tarkibida bittadan o'zgarish amalga oshirildi.
61. Misralievga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
57. GOL! Doriev raqib jarima maydoni yaqinida to'pni qabul qilib olib, OKMK darvozasining pastki uzoq burchagini aniq nishonga oldi va dublga erishdi!
53. Zarba! "So'g'diyona" futbolchisi tomonidan yo'llangan zarba darvoza to'siniga tegib qaytdi.
52. GOL! Burchakdan uzatilgan to'pni Abdurahmonov "So'g'diyona" darvozasiga joylab qo'ydi!
47. GOL! Chap qanotdan to'p qabul qilgan Doriev uzoq masofadan OKMK darvozasini aniq nishonga oldi! 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Taym avvalida OKMK ikki o'zgarishga qo'l urdi.
Taym yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
43. Zarba! Sobirjonovning o'ng qanotdan uzatmasiga Abdurazzoqov bosh bilan zarba yo'lladi. Sobirov to'pni egallab oldi.
38. Muqumjonov Qahramonovni qoidabuzarlik bilan to'xtatgani uchun ogohlantirildi.
37. Zarba! Burchak uzatmasi zarba bilan yakunlandi. Ilyosovdan seyv!
36. Dorievning uzatmasini ushlab olishga uringan Ilyosov to'pni egallay olmadi. Burchak zarbasi.
35. O'zidan qochib ketayotgan Mavlonqulovni yiqitgan To'xtaxo'jaev jazosiz qoldi. Mehmonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.
32. "So'g'diyona"ning chap qanotdan boshlagan hujumi Dorievning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.
31. OKMKning navbatdagi hujumidan so'ng to'p Abdurazzoqovdan maydonni tark etdi.
29. Abdurazzoqov tomonidan yo'llangan zarba "So'g'diyona" himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.
27. Xavfli vaziyat! Mehmonlarning qarshi hujumi Mavlonqulovning yaqin masofadan yo'llangan noaniq zarbasi bilan yakunlandi.
24. Rustamovning olisdan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
19. Doriev yana o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
15. Raqib hujumchisi bilan birga-bir vaziyatda to'qnashib ketgan Ilyosov engil shikastlandi.
14. Zarba! Abdurazzoqov tomonidan boshlangan hujum Papavaning zarbasi bilan yakunlandi, biroz noaniq.
13. Doriev tomonidan yo'llangan zarbani Ilyosov egallab oldi.
13. Xavfli vaziyat! Ahamadalievning o'ng qanotdan uzatmasini Muqumjonov to'xtatmasdan darvozaga to'g'rilab qo'ymoqchi bo'ldi, ammo to'pga oyog'i etmay qoldi.
11. Xavfli vaziyat! "So'g'diyona"ning qarshi hujumi Dorievning zarbasi bilan yakunlandi. Ammo u ofsaydda qolib ketgan ekan.
10. Xavfli vaziyat! Sobirjonovning burchak uzatmasi zarba bilan yakunlandi. Sobirov dastlab to'pni qo'lidan chiqarib yubordi, ikkinchi urinishda to'pni ushlab oldi.
9. Abdurazzoqovning uzatmasini mehmonlar futbolchisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
8. Mezbonlar standart vaziyatga ega bo'ldi. Rustamovga nisbatan fol ishlatildi. Standart vaziyat.
7. OKMKning o'ng qanotdan tashkil etgan hujumi besamar yakunlandi.
1. O'yin boshlandi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. OKMK oq-kulrang, "So'g'diyona" och pushti-qora rangli liboslarda harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Сонги 5 йилда йирик Лойихалардан ташкари кулубни баркарор ривожлантириб келишмокда.
ОКМК рахбарлари факат Суперлига кулубини емас балки Барча спорт турларидаги спортчи ва мурабийларни ОЙЛИГИНИ КЕЧКТИРМАСДАН ВАКТИДА БЕРАДИ( бази кулубларда акси буни).
Ангренлик шахридаги мухлислар хурмати 1-лигада ОКМК Семруг Фарм кулубини ташкил килиб шахарга катта футболни олиб киришди очилиш тадбирларини хам килиб стадионларни хам талаб даражасида таимирлаб беришган.
2026-йил ОКМК Чемпион таркибни Тузади Хозирги таргибни 90% колади камида.