So’nggi yangiliklar

22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  1 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  0 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  2 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  21 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1

Superliga. OKMK - "Buxoro". Prevyu Yangiliklar

Superliga. OKMK - "Buxoro". Prevyu

Bugun O'zbekiston Superligasining 2025 yilgi mavsumiga start beriladi.

2025 yilgi O'zbekiston Superligasi 7 mart kuni OKMK va "Buxoro" o'rtasidagi uchrashuv bilan start oladi. Olmaliq shahrida bo'lib o'tadigan mazkur uchrashuv jamoalar uchun mavsumdagi ilk imtihon hisoblanadi. Qizig'i, ikki jamoa ham o'tgan mavsum ikkinchi bo'lishdi. Farqli jihati, OKMK Superligada kumush medallar sohibiga aylangan bo'lsa, "Buxoro" Pro ligada peshqadamning eng yaqin taqibchisiga aylandi. Shu bois, ushbu o'yin ikkala jamoa uchun ham muhim ahamiyatga kasb etadi.


Jamoalarning tayyorgarlik holati

Mirjalol Qosimov shogirdlari yangi mavsumga tayyorgarlikni dastlab "Do'rmon" qarorgohida boshladi va "Qo'qon-1912"ga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushdi hamda yirik — 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi. 

So'ngra 17 yanvardan 1 fevralga qadar Birlashgan Arab Amirliklarida yig'inni davom ettirgan "konchilar" Rossiyaning CSKA (1:4) va "Ural" (1:1) hamda Qozog'istonning "Ordabasi" jamoalari bilan bellashdi.

5 fevral kuni esa jamoa Turkiyaning Antalya shahriga yo'l oldi va yangi mavsumga hozirlik ko'rish davom ettirildi. Ushbu mamlakatda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi terma jamoasi (0:1), Chexiyaning "Banik Ostrava" (1:1), Gruziyaning "Samgurali" (2:2), Moldovaning "Milsami" (1:0), Qirg'iz Respublikasining "Ozgon" (4:1), Ukrainaning "Kolos-2" (1:0) hamda Qozog'istonning "Turon" (0:0) jamoalari qarshi nazorat o'yinlari tashkil etildi.

Yangi mavsum oldidan jamoani Valijon Rahimov, Shoxruh Gadoev, Mixail Klepach, Irakli Ruhadze kabi futbolchilar tark etdi. Ular o'rniga Humoyunshoh Sayyotov, Ahmadullo Muqimjonov singari yoshlar hamda Naoaki Senaga, Ajak Riak kabi legionerlar to'ldiradi.

Ulug'bek Bakaev qo'l ostidagi "Buxoro" yangi mavsumga tayyorgarlikning ilk qismini 10–23 yanvar kunlari Tojikistonning Xo'jand shahrida o'tkazdi. O'quv-mashg'ulotlarining ikkinchi qismi esa Turkiyada tashkil etildi.

Yig'in davomida Qozog'istonning "Turon" (0:1), "Elimay" (2:0), "Aktobe" (2:2), Rossiyaning "Volgar" (1:1), Gruziyaning "Samgurali" (1:1), Turkiyaning "Varsaksport" (6:0), Qirg'iz Respublikasining "Bars" (4:1) jamoalariga qarshi nazorat o'yinlari o'tkazdi.

Garchi "Buxoro"ni O'zbekiston terma jamoa jamoasi sobiq futbolchilari Vitaliy Denisov, Artyom Filiposyan, Jasur Hasanov tark etgan bo'lsa-da, ular o'rniga jismoniy imkoniyatlari yuqoriroq bo'lgan Shahboz Jo'rabekov, Shohruz Norxonov kabi tajribali o'yinchilar jalb etildi. Shuningdek, Frane Chiryak, Iosip Tomashevich kabi legionerlar bilan shartnoma imzolandi.

 

O'zaro o'yinlar tarixi

OKMK va "Buxoro" O'zbekiston chempionati doirasida 26 o'yinda maydonga tushgan. Bellashuvlarning 12 tasida olmaliqliklar, 9 tasida esa ko'hna diyor futbolchilari zafar quchgan. Yana 5 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To'plar nisbati — 44:29, OKMK foydasiga.

 

Imkoniyatlar

Mazkur bahsda OKMK favorit sifatida ko'rsatish mumkin. Sababi, Toshkent viloyati jamoasi amaldagi vice-chempion sanaladi. Shuningdek, tarkib jihatdan avvaldan shakllangan yosh va shijoatli o'yinchilarga ega. Qolaversa, klubda o'z muxlislari qarshisida mavsumni g'alaba bilan boshlashni istagi yuqori bo'lishi tabiiy hol. Biroq himoyada intizomli o'yin namoyish eta oladigan "Buxoro" jiddiy qarshilik ko'rsatishiga shubha yo'q.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика