So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  13 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  17 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Superliga. "Paxtakor" safarda "Neftchi"ni tor-mor etdi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" safarda "Neftchi"ni tor-mor etdi

Superliga 6-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Paxtakor" uchrashuvi yakunlandi.

"Neftchi" – "Paxtakor" 0:4

19.04.2025. 20:15

Bosh hakam: Timur To'xtasinov

Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov

Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Ibrohim Ismoilov

Komissar: Diyor Hotamqulov

Gollar: 0:1 – 23, Umar Adhamzoda, 0:2 – 42, Brayan Riaskos, 0:3 – 45+3, Igor Sergeev (Bashar Resan), 0:4 – 45+6, Umar Adhamzoda (Igor Sergeev)

"Neftchi": 25. Eldor Suyunov (1. Botirali Ergashev, 46), 20. Anvar G'ofurov, 21. Muhsin Ubaydullaev, 34. Farruh Sayfiev, 77. Bilol Toshmirzaev, 7. Abror Ismoilov (8. Vladimir Yovovich, 46), 10. Jamshid Iskanderov (5. Ikrom Aliboev, 46), 14. Jamshid Boltaboev (11. Quvondiq Ro'ziev, 68), 23. Yovan Jokich, 32. Zoran Marushich, 17. Muhammadali G'iyosov (4. Boyan Ciger, 46)

Zaxira: 33. Shohruh Yoqubjonov, 66. Doniyor Valiev, 22. Toma Tabatadze, 24. G'ulom Haydar G'ulomov

"Paxtakor": 19. Jonatan Luis (12. Vladimir Nazarov, 46), 22. Umar Adhamzoda (44. Mahmudjon Mahamadjonov, 66), 5. Muhammadqodir Hamroaliev, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 7. Hojiakbar Alijonov, 3. Shahzod Azmiddinov, 27. Sardor Sobirxo'jaev, 47. Jonatan Lukka, 21. Bashar Resan (30. Otabek Jo'raqo'ziev, 83), 11. Igor Sergeev (6. Muhammadali O'rinboev, 83), 94. Brayan Riaskos (17. Doston Hamdamov, 66)

Zaxira: 77. Dilshod Saitov, 15. Diyor Ortiqboev, 31. Muhammadali Usmonov, 9. Ibrohim Ibragimov, 4. Humoyun Nazarov.

Ogohlantirishlar: Umar Adhamzoda (15), Farruh Sayfiev (18), Brayan Riaskos (18), Sardor Sobirxo'jaev (71)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+5. "Neftchi"da standart yuzaga keldi. Vaziyat Yovovichning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

90+4. Mahammadjonovning raqib jarima maydonidagi uzatmasi o'xshamadi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Zarba! Yovovichning raqib jarima maydonidagi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

86. Aliboev tomonidan yo'llangan zarba Nazarovning qo'llariga borib tushdi.

83. "Paxtakor" tarkibida ikki o'zgarish sodir etildi.

82. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Sergeev to'xtatmasdan zarba yo'lladi, noaniq.

80. "Neftchi"da standart vaziyat yuzaga keldi. Ammo mezbonlar bundan unumli foydalana olmadi.

77. O'yin tempi ancha pasaydi, oxirgi daqiqalarda xavfli vaziyatlarga guvoh bo'lmadik.

71. Sobirxo'jaev raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatgani uchun ogohlantirildi.

68. "Neftchi" beshinchi o'zgarishga qo'l urdi.

66. "Paxtakor" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

64. Toshmirzaevning uzatmasidan so'ng to'p Azmiddinovdan maydonni tark etdi.

61. Aliboevning o'ng qanotdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

58. Riaskosning chalqancha uslubda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

57. "Neftchi"da standart vaziyat yuzaga keldi. Yovovichning zarbasi o'ta noaniq ko'rinish oldi.

54. Burchakdan uzatilgan to'pga "Neftchi" futbolchisi bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.

54. Zarba! Yovovichning aylanma zarbasini Nazarov qaytardi.

53. Xavfli vaziyat! Chap qanotdan uzatmaga Riaskos bosh bilan zarba yo'lladi, biroz noaniq.

49. Zarba! Toshmirzaev o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib bordi, biroq uning pastlatib yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Neftchi" tarkibida to'rtta, "Paxtakor"da bitta o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi.

45+6. GOL! Adhamzoda "Neftchi" darvozabonining oldinga chiqib ketganidan unumli foydalanib, to'pni uning ustidan oshirib qo'ydi! 0:4! 

45+4. Resan bu safar o'zi raqib darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi, Suyunov bu gal jamoa joniga ora kirdi.

45+3. GOL! Chap qanotdan Resanning uzatmasini Sergeev bosh bilan darvozaga aniq joylab qo'ydi! 0:3!

45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

42. GOL! Adhamzodaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Suyunov yuzi bilan qaytardi, qaytgan to'pni esa Riaskos darvozaga joylab qo'ydi!

40. "Paxtakor" darvozaboniga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

37. Iskanderovning pastlatib yo'llagan zarbasini raqib himoyachisi qaytardi.

36. Azmiddinov Ismoilovga nisbatan fol ishlatdi. "Paxtakor" jarima maydoni yaqinida standart vaziyat yuzaga keldi.

30. Azmiddinov elkasidan jarohat olgan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

28. Qarshi hujumda "Paxtakor" futbolchisi tomonidan yo'llangan zarbani raqib himoyachisi qaytardi.

27. Zarba! Ismoilov tomonidan yo'llangan kuchli zarbaga aniqlik etishmadi.

23. GOL! Adhamzoda hisobni ochdi! Riaskosning pasidan so'ng Sergeev zarba yo'lladi, "Neftchi" darvozabonidan qaytgan to'pni "Paxtakor" futbolchisi yaqin masofadan darvozaga joylab qo'ydi!

18. Sayfiev va Riaskos ogohlantirildi. Farg'onada dastlabki daqiqalardanoq hammayoq sariq rangga bo'yalmoqda.

17. Futbolchilar o'rtasida janjal boshlandi. Bunga Sayfiev va Riaskoso'rtasidagi kurash sabab bo'ldi. "Paxtakor" hujumchisi raqibini urib yubordi.

15. Adhamzoda qo'pollik uchun ogohlantirildi. 

13. Boltaboev Riaskosga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi. Standart vvaziyat.

9. Riaskosning o'ng qanotdan jarima maydoniga uzatmasi raqib himoyachilari tomonidan qaytarildi.

6. Xavfli vaziyat! Alijonov bilan kurashda ustun kelgan G'iyosov kuchli zarba yo'lladi, uning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi!

4. Xavfli vaziyat! "Neftchi" himoyachisi darvozabonga pas berishda sustkashlikka yo'l qo'ydi, natijada bosim o'tkazayotgan Sergeev raqib posbonidan to'pni olib qo'yishga bir bahya qoldi.

2. Iskanderovning standart vaziyatdan uzatmasi mehmonlar tomonidan qaytarildi.

1. Hakam hushtagini chaldi – bellashuv boshlandi! Bugun Superliganing ikki etakchi jamoasi yutqazmaslik umidida o'ynaydi, chunki so'nggi paytda ular uchun g'alaba kutilmagan hodisaga aylanib ulgurdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Neftchi" sariq-qora, "Paxtakor" och kulrang rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +32   

Fikrlar

   
03 may 22:04:53
Krishtianu Ronaldu
Б Х foydalanuvchining fikriga javob berish
Пахтакорни Синди деганларга алангалик саломлар булсин !!!!!!!!!!!
Эндичи борми огрик синдими портлаб кеттими
   
03 may 22:03:42
Krishtianu Ronaldu
Xojakbar Xaitov foydalanuvchining fikriga javob berish
Нефтчи мухлисларини хурмат килган холда бир гап этаман Бугун Пахтакор инкирозини тугаши ва янги Эра ни бошланиши булади минг афсус бу кун Нефтчини уйинига тугри келиб колди
Ха хароми кани янги эра нега жимсан окпадар
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика