So’nggi yangiliklar

09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  0 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  1 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  1 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  1 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  7 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  4 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5

Superliga. "Nasaf" "Navbahor"ni necha yildan beri yutolmayapti? Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" "Navbahor"ni necha yildan beri yutolmayapti?

O'zbekiston chempionati 14-turining markaziy uchrashuvi ortda qoldi.

Samvel Babayan boshchiligidagi "lochinlar" safarda Berdievning "ajdarlar"ini kichik hisobda mag'lub qildi. O'yin davomida namanganliklar jismoniy jihatdan kuchliroq ekani ko'rinib qoldi. "Nasaf" yana bir bor tanaffusdan yomon kayfiyatda qaytdi...

Siz uchun g'alati eshitilishi mumkin. Ammo "Nasaf" so'nggi 5 yilda "Navbahor" qarshisiga favorit jamoa sifatida chiqa olmayapti. Bu statistikada ham yaqqol ko'rinadi. 

Fakt: "Nasaf" "Navbahor"ni Superliga doirasidagi qatorasiga 11-o'yinda ham mag'lub qila olmadi. Bu uchrashuvlarning 7 tasida kuchlar teng kelgan bo'lsa, 4 tasida namanganliklar zafar quchgan.

3 ochkoni qo'yib turing. "Nasaf" 5 o'yindan beri "Navbahor" darvozasiga gol ura olmayapti.

"Ajdarlar" so'nggi bor Namangan klubini 2017 yilning yozida mag'lub qilgan edi.


O'shandan keyin ancha vaqt o'tib qo'yganini his qilishingiz uchun bazi faktlarni keltiramiz:

U paytlar Timur Kapadze butsalarini mixga ilmagan edi.

SHota Toshkentga kelmagan, "Paxtakor"ni Jasur Abduraimov boshqarar edi.

Mirjalol Qosimov, Murod Aliev va Mirzahakim To'xtamirzaev "Bunyodkor"da edi.

Eldorning 4 yildan keyin "Roma"ga o'tishini hech kim tasavvur qila olmasdi.

Abramov "Neftchi"ni boshqarar edi.

Samvel Babayan terma jamoada ishlardi.

Geynrix, Jeparov hamda Lobanov milliy jamoa vakillari edi.

Oliy ligada "Obod" degan jamoa bor edi.

O'FA birinchi vice-prezidenti Rossiyadagi mundialga tayyorlanayotgandi.

Diyor Imomxo'jaev hali jurnalist edi.

O'zbekistonda "Lokomotiv" gegemon edi...

Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI 

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика