Superliga hakamlari uchun FIFA VAR seminari bo'lib o'tadi
19 fev 13:39
Yangiliklar
Superliga hakamlari uchun FIFA VAR seminari bo'lib o'tadi
20-24 fevral kunlari Milliy futbol markazida Superligada faoliyat olib boradigan hakamlar uchun FIFA tomonidan VAR texnologiyasiga oid o'quv-seminar tashkil etiladi.
Mashg'ulotlar FIFA instruktori rahbarligida o'tkazilib, ishtirokchilarga VAR tizimining amaliy qo'llanilishi, protokollar, kommunikaciya jarayonlari hamda bahsli vaziyatlarni tahlil qilish bo'yicha batafsil tushunchalar beriladi.
O'quv jarayoni nazariy mashg'ulotlar bilan bir qatorda amaliy tahlillar va simulyacion vaziyatlarni ham qamrab oladi. Bu esa hakamlarning o'yin davomida VARdan samarali foydalanish, tezkor va aniq qaror qabul qilish imkoniyatlarini yanada mustahkamlaydi.
Mazkur seminar 2026 yilgi Superliga mavsumi starti oldidan hakamlarimiz uchun bilim va ko'nikmalarni yangilash, shuningdek, VAR bilan ishlashda yagona yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar