So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

PFL Superliga futbolchilarining barchasini bepul sug'urtalab beradi Yangiliklar

PFL Superliga futbolchilarining barchasini bepul sug'urtalab beradi

Teglar :  SuperligaSug'urta
“O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi bilan homiylik shartnomasi imzolagan Professional futbol ligasi Superliga klublariga navbatdagi engillikni yaratib beradi.

Malumki, futbolchilarning maydonda jarohat olmasliklarini hech kim kafolatlay olmaydi. Yaqindagina yorug' dunyo bilan xayrlashgan sobiq futbolchi Sirojiddin Sayfiev bilan ro'y bergan voqea barcha uchun saboq bo'lishi kerak. SHundan kelib chiqib Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsumda futbolchilarni sug'urtalash masalasiga jiddiy etibor qaratadi.

Birinchi qadam sifatida PFL har biri 45 nafardan futbolchiga ega bo'lgan 14 klub azolarini bepul sug'urtalab beradi. Bunda “O'zbekinvest” har bir futbolchiga 10 million so'mlik sug'urta polislarini taqdim etadi. Uning yordamida futbolchilar ehtimoliy jarohatlari uchun moddiy taminotga ega bo'ladi. Mashg'ulot yoki o'yin vaqtida olingan jarohatni davolash uchun sarf etiladigan summa 10 million so'mdan ko'prog'ini talab qilsa, PFL tomonidan ishlab chiqilgan yangi shartnomalarga ko'ra qolgan chiqimlar klub tomonidan qoplab beriladi.

Professional futbol ligasi bunda Superliga klublari qoshida faoliyat olib borayotgan ayollar va futzal jamoalari azolarini ham unutmaydi. Ular ham bepul taqdim etilgan 10 million so'mlik polislarni qabul qilib oladi.

Malumot uchun, Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun badal pullarini oshirmadi. Qo'shimchasiga, shu vaqtga qadar klublar gardanida bo'lgan hakamlar, inspektorlar, komissarlar uchun barcha sarf-harajatlarni o'z bo'yniga oldi. Licenziyalash talablarini og'ishmay bajarayotgan quyi liga klublariga ham PFL yuqoridagi kabi sug'urta polislarini bepul olib berishni rejalashtirgan.


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика