So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Superliga. "Dinamo" 90+8-daqiqada kambek evaziga "Qizilqum"ni mag'lub qildi Yangiliklar

Superliga. "Dinamo" 90+8-daqiqada kambek evaziga "Qizilqum"ni mag'lub qildi

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Qizilqum" bahsi matnli translyaciyasi.

Superliga, 11-tur. 25.05.2025.

“Dinamo” – “Qizilqum” 3:2

Samarqand. “Dinamo” stadioni.

Hakamlar: Naim Qosimov, Artem Kalinin, Farhod Usmonov, Dilshod Ahmedov.

VAR hakami: Ilgiz Tantashev.

AVAR hakami: Avazbek Abdullaev

Nazoratchi: Vladislav Seytlin.

O'zPFL komissari: Sherzod Rajabov.

Gollar: Roman Papariga (22), Oybek O'rmonjonov (51), Shahzod Rahmatillaev (61), Fransisko Jurani (77), Sanjar Qodirqulov (90+8).

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 5.Duglas Maykon (8.Sanjar Qodirqulov, 46), 6. Jahongir O'rozov, 7.Fransisko Jurani, 9.Mirjahon Mirahmadov (37.Firdavs Abdurahmonov, 63), 10.Anvarjon Hojimirzaev (23.Behruzbek Oblaqulov, 86), 16.Richard Fraydey (25.Oybek O'rmonjonov, 46), 17.Salim Mustafoev, 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Ulug'bek Abdullaev, 88.Marko Stanoevich (11.Hislat Halilov, 46).

Zaxira: 27.Edem Nemanov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 24.Muxsin Bozorov.

"Qizilqum": 1. Sanjar Quvvatov - 23. Samandar Shukurullaev, 88. Dushan Miyich, 5. Dilshodjon Komilov, 15. Nikola Kumburovich - 8. Shahzod Rahmatullaev, 77. Fayzullobek Jumanqo'ziev (33. Sulton Rahmatov, 84), 22. Shahzod Turopov (7. Davron Anvarov, 50), 11. Jambuli Jigauri, 70. Alen Mashovich - 10. Roman Papariga (17. Akmaljon Muzaffarov, 81).

Zaxira: 30. Farhod Rahmatov, 6. Murodali Usmonov, 18. Farhod Bekmurodov, 19. Ilhomjon Kenjaev, 32. Mustaqim Boboqulov.

Ogohlantirish: Richard Fraydey (36), Fayzullobek Jumanqo'ziev (38), Roman Papariga (63).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Dinamo" ketma-ket 11-o'yinida ham mag'lub bo'lmadi. Super-muper g'alaba! Shunchaki turning eng zo'r o'yinini ko'rdik. Hammaga rahmat! Superliganing super o'yinlarini biz bilan kuzating.

90+8. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Yana supergol! Yana! Yana SUPER-GOL! SUPEG'ALABAAAAAA!! DAHSHAAAATTTTT!!! Sanjar Qodirqulov qahramon!!

90+7. ZARBAAAAAA!! Halilov o'tkir burchakdan zarba yo'lladi. Noaniq. Quvvatov obchiqdi.

90+4. UXXXXXX!! "Dinamo" hujumga o'tganida mezbonlar futbolchisi raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam bu holatga reakciya qilmadi. 

90+2. "Qizilqum"da burchak zarbasini amalga oshirish imkoniyati bor edi. Mashovichning uzatmasi anchagina noaniq. Etmaganiga "Dinamo" o'sha noaniq pasdan keyin hujumga o'tib ketihdi.

6 daqiqa qo'shib berildi. Zo'r o'yin bo'lyapti.

88. UXXXXXX!! "Qizilqum" hisobda oldinga chiqib olishi mumkin bo'lgandi. Uzatmadan keyin darvozaning uzoq burchagidagi futbolchi darvoza tomon zarba bera olmadi. 

87. Ikkala murabbiylar bugun g'alaba qozonish uchun zaxira imkoniyatlaridan foydalanishmoqda. Maqsad faqatgina 3 ochko. Bugun kim yutqazsayam, bemalol g'alabani boy berdik desa bo'ladi.

83. UXXXXXX!! "Dinamo" bir necha paslar orqali chiroyli hujum uyushtirdi. Firdavs Abdurahmonovning so'nggi palladagi uzatmasi yoki uzatma edi yoki zarba. Noaniq.

81. Lazarevich ikkinchi marta o'yinga tasir o'tkazdi. U Akmal Muzaffarovni maydonga tushirdi, Papariga o'yindan olindi.

"Dinamo" bugun ikkita minimal vaziyatdan (aslida vaziyat ham deb bo'lmaydi) maksimal foydalandi. Garchi bunday vaziyatlar xG da kam ball bersa-da, supergollar orqali vaziyatdan chiqib ketishmoqda.

77. GOOOOOOOOLLLLL!!! Bu golga baqirmasa bo'lmaydi. Juda-juda supergol ko'rdik. "Dinamo"ning 7-raqamli futbolchisi tur golini urmoqda!

75. "Dinamo" standart vaziyatga ega bo'ldi. Uzatilgan to'pni "Qizilqum" himoyachilari qaytarib yuborishdi.

74. XAVFLI VAZIYAT! Papariga hisobni o'zgartirishi mumkin bo'lgandi. Uning zarbasi noaniq ketdi, ofsayd ham qayd etildi.

69. UXXXX!! "Dinamo"dan xavfli hujum. Zarbani himoyachi Dilshod Komilov qaytardi.

66. Mezbonlar yaxshi hujum uyushtirdi. Pasni Anvarjon Hojimirzaev darvoza tomon yo'llamoqchi bo'ldi. To'p uning oyog'iga noqulay keldi, shu sababli zarba o'xshamadi.

65. "Dinamo" hujumga o'tdi. Zarba berildi ham, biroq zarbagacha hushtak chalindi. O'rmonjonovning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

61. GOL! "Qizilqum" yana hisobda oldinga chiqib oldi. Rahmatillaev qulay imkoniyatdan unumli foydalandi. Mashovichning pasini ham etirof qilish lozim.

60. Papariga qarshi hujumga o'tib ketmoqchi edi. Biroq "yolg'iz otning changi chiqmas" deganlaridek, uni 3 himoyachi zararsizlantirdi.

57. ZARBAAAAAAA!!! O'rmonjonovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Oybek ikkinchi bo'limda tushib, jamoasining o'yinini kuchaytirdi.

54. UXXXXXX!! "Dinamo" futbolchisi raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va darvoza yoniga to'pni uzatdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

51. GOL! Oybek O'rmonjonov jarima zarbasidan supergol urdi!

47. "Qizilqum" futbolchisi Shahzod Turopov jarohat oldi. Kichik to'xtalish.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Dinamo"da bir yo'l uch o'zgarish.

Tanaffus!

45+4. Ratinoning o'zi jarimadan to'pni darvozaga tepgandi. To'p Hojimirzaevga  tegib, maydonni tark etdi.

45+3. "Dinamo"da standart. Ratinoni Rahmatullaev qo'pollik bilan to'xtatdi. Juda qulay nuqta.

Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

42. Hojimirzaev o'zi bir necha raqiblarini aldash orqali gol urishga harakat qilgandi. Himoyachilar to'pni olib qo'ydi.

39. KOMILOVVV!!! "Dinamo"ning standartidan keyin Ratino qulay nuqtadan raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. Dilshodjon Komilov "podkat" tashlab, zarbani qaytardi. Salkam golni oldini oldi himoyachi.

38. "Dinamo"da standart. Jumanqo'ziev ogohlantirildi.

36. Yo'q, Nayim Qosimov "Dinamo" futbolchisini maydondan chetlatmadi. Fraydey ogohlantirildi.

35. Hakam VARga murojaat qilmoqda. Qizil kartochka ko'rilmoqda.

32. "Dinamo" hujumga borini bermoqda. Stanoevich avvaliga jarimadan, keyin esa burchakdan darvoza sari to'pni uzatgandi. Ikkalasida ham paslar unchalik o'xshamadi..

30. "Dinamo" hujumga o'tayotgandi. Markazda "Qizilqum" futbolchisi to'pni osonlik bilan raqibidan olib qo'ydi. Shu vaziyat hujum bilan yakunlandi. Papariga chap qanotdan to'pni darvoza yoniga oshirdi. Uzatma noaniq, uning jamoadoshlaridan hech kim yo'q edi.

27. Maykonning 20-22 metrlardan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

24. "Dinamo" kombinacion hujum uyushtirdi. Stanoevich Ratinodan to'pni qabul qilib olib, darvozabonning ustidan to'pni tashlab qo'ymoqchi bo'ldi. Zarba noaniq bo'ldi.

22. GOL! "Qizilqum" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Roman Papariga hisobni ochdi!

21. ZARBAAAAAAAAA!!!! Hojimirzaevning ayyorona zarbasini darvozabon qaytardi!

20. Shahzod Turopov uzoq masofadan zarba berib, o'yindan uzilib qolgan Yagudinni uyg'otib yubordi. Ravshan o'z o'rnida.

16. "Dinamo" hujumda edi. Avvaliga Abdullaevning uzatmasidan keyin to'p mehmon himoyachisining qo'liga tekkandek ko'rindi. Ulug'bek Abdullaev qo'lini ko'tarib, penaltiga ishora qildi. Hujum davomida to'p Anvar Hojimirzaevga tushdi. Uning zarbasi anchagina noaniq ketdi. Bosh hakam to'p darvoza yonidan o'yinga kiritilishini malum qildi.

14. "Qizilqum" standart vaziyatga ega bo'ldi. Uzatilgan to'p anchagina noaniq ketdi.

12. "Qizilqum" tezkor qarshi hujumga o'tayotgandi. So'nggi pas Paparigaga mo'ljallangandi. Biroq pas kuchliroq berildi va to'p Yagudinga bordi.

10. ZARBAAAAAAAAA!!! Stanoevich 25 metrlardan chap oyog'ida Quvvatov darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi. Sanjardan superseyv ko'rdik!

6. "Dinamo" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan samarqandliklar ayyorona pas orqali foydalanishmoqchi edi. Himoyachilar vaziyatni "o'qishdi" va tezda vaziyat bartaraf qilindi.

4. Sokin boshlangan o'yinning 4 daqiqasi sokin o'tdi. Shu daqiqaga kelib Mashovichning zarbasi noaniq ketdi. Juda qulay nuqtadan legioner futbolchi adashdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Uchrashuv startiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика