So’nggi yangiliklar

21:12Суперлига. "Динамо" Самарқанд кунида "Бухоро"ни аяб ўтирмади   18 21:11Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" – "Галатасарай". Шомуродов асосийда, Файзуллаев қайдномада йўқ  1 21:10Шавкат Юсупов: "Пешқадамдан очко олиш биз учун ғалабадек бўлди"  0 21:00АПЛ. "Манчестер Сити" Холанднинг дубли эвазига "Эвертон"ни мағлубиятга учратди  4 20:45"Челси" жуда кўп қизил карточка олмоқда  2 20:43Бундеслига. ​"Бавария" – "Боруссия Д". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 20:39АПЛ. "Фулхэм" – "Арсенал". Таркиблар маълум!  1 20:20Мирко Йеличич: "90 дақиқа мобайнида ҳужумда ўйнаб, иккита голни стандартдан ўтказиб юбориш... Бу ҳақда гапириш қийин"  1 19:59БАА Про лигаси. Шукуров ва Мозговой жамоаси йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 19:39Постекоглу АПЛ тарихида энг тез истеъфога чиқарилган мураббий бўлди  1 19:00Суперлига. "Бунёдкор" 9 йилдан сўнг Наманганда "Навбаҳор"дан устун келди  42 18:49АПЛ клубида истеъфо юз берди  3 18:24АПЛ. "Челси" сафарда йирик ғалабага эришди  2 18:08Ла Лига. "Барселона" - "Жирона". Бошланғич таркиблар маълум  47 17:11Пролига. "Локомотив" "ФарДУ" билан ўйинда очко йўқотди  2

Superliga. "Dinamo" Samarqand kunida "Buxoro"ni ayab o'tirmadi Yangiliklar

Superliga. "Dinamo" Samarqand kunida "Buxoro"ni ayab o'tirmadi

Superliga 25-turidan joy olgan "Dinamo" – "Buxoro" uchrashuvi yakuniga etdi.

Superliga

25-tur

"Dinamo" – "Buxoro" 4:1  

Samarqand. "Dinamo" stadioni. 19:15

Gollar: Firdavs Abdurahmonov 59', Marko Stanoevich 71', Firdavs Abdurahmonov (Jaloliddin Jumaboev) 76', Anvar Hojimirzaev (Ratino) 86' – Toma Tabatadze 20'

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Zaxira hakami: Aziz Jumanov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Timur Gaynullin

Komissar: Oybek Davletmurodov

"Dinamo": 27.Edem Nemanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov (25.Oybek O'rmonjonov, 53), 10.Anvar Hojimirzaev (9.Mirjahon Mirahmadov, 89), 16.Richard Fraydey (99.Ulug'bek Hoshimov, 53), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 37.Firdavs Abdurahmonov (11.Xislat Xalilov, 88), 55.Dmitriy Pletnyov (88.Marko Stanoevich, 53), 77.Mahmud Mahamadjonov.

Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 14.Bahodir Nasimov, 22.Ulug'bek Abdullaev, 23.Behruzbek Oblaqulov.

"Buxoro": 1.Shirinboy Abdullaev, 2.Izzatillo Po'latov, 5.Sardor Qulmatov, 10.Azizbek Amonov (97.Shahboz Jo'rabekov, 66), 17.Javohir Ro'ziev, 22.Toma Tabatadze, 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 33.Yosip Tomashevich, 88.Dominik Begich, 93.Marko Kolakovich.

Zaxira: 21.Otabek Boymurodov, 6.Ravshan Xayrullaev, 8.Anvar Jo'raev, 9.Amirbek Saidov, 11.Ibrohim No'monov, 14.Alisher Xayrullaev, 19.Bilol Tupliev, 95.Nodirbek Ahmadjonov.

Ogohlantirish: Muhammad Yo'ldoshev (62).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi.

89. "Dinamo"da almashtirish: Hojimirzaev o'rniga Mirahmadov tushirildi. 

88. "Dinamo"da o'zgarish: Abdurahmonov o'z o'rnini Xalilovga bo'shatib berdi. 

86. GOL! Anvar Hojimirzaev Ratinoning uzun pasini qabul qilib olib, bir himoyachini aldadi va chap oyoqda darvozani ishg'ol etdi – 4:1!

85. "Buxoro"da 2 ta almashtirish: Chiryak o'rniga Ravshan Xayrullaev, Tabatadze o'rniga Sadiov maydonga tushdi. 

81. Zarbaaa! O'rmonjonov ishonch bilan ichkariga kirib bordi, ammo yakunda uning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi. 

80. "Buxoro" ancha bo'shashdi va "Dinamo" esa aksincha ikkinchi bo'limda katta kuch bilan oldinga bormoqda. 

76. GOL! Uchrashuvda eng faol bo'lib turgan Abdurahmonov yana katta sahnaga chiqdi! Jumaboevning qulay pasi va Abdurahmonovning kuchli zarbasidan so'ng hisob 3:1 ga o'zgardi! 

74. Begich bel qismi bilan qattiq yiqildi. Shifokorlar o'zgarish qilishni so'radi. 

71. GOL! Marko Stanoevichdan super gol! Tajribali yarim himoyachi jarima zarbasi orqali olis masofadan to'p kiritdi, darvozabon Abdullaev o'rnida qotib qoldi – 2:1! 

70. Kolakovich Hojimirzaevga nisbatan qoidani buzdi, mezbonlarda qulay standart, ammo masofa uzoq. 

66. "Buxoro"da almashtirish: Amonov o'rniga Jo'rabekov bahsga qo'shildi. 

62. Yo'ldoshev O'rmonjonovni ortdan turib yiqitgani uchun ogohlantirildi. 

59. GOL! Firdavs Abdurahmonov jarima maydonchasi ichida buxoroliklar himoyachisidan kelgan to'pni kuchli zarbasi orqali shunchaki darvozaga "mixlab qo'ydi" – 1:1!

56. O'rmonjonov o'ng qanotda ketma-ket 3 raqibni aldab o'tdi, ammo to'pni maydonda saqlab qololmadi. 

53. "Dinamo"da 3 ta o'zgarish: Pletnyov o'rniga Stanoevich, Fraydey o'rniga Hoshimov, Qodirqulov o'rniga O'rmonjonov tushirildi. 

52. Dominik Begich to'qnashuvda ishtirok etib, biroz maydonda yotdi va keyinroq o'rnidan turdi. 

49. Tabatadze hujumda fol ishlatdi va hakam biroz turib o'yinni to'xtatgach, unga etiroz bildirdi.  

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Chiryak Fraydeyga nisbatan qo'pollik ishlatdi, ammo o'zi jabrlandi. 

40. Mahamadjonov to'pgi intilish chog'ida raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi, hakam hujumda fol ishlatildi deb topdi, bu esa samarqandlik muxlislarga yoqmayapti. 

37. Amonov va Po'latov Pletnyovni bir paytda yiqitishdi. 

34. Ux! Amonovning olis masofadan havolatib oshirib bergan to'pi Nemanovning qo'lidan chiqib ketishiga bir baxya qoldi.

31. "Buxoro" himoya chizig'i ishonchli o'yin ko'rsatmoqda. Ayniqsa, havodan kelayotgan to'plarni ko'p marotaba uzoqlashtirishmoqda. 

26. Zarbaaa! Mahamadjonovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Hojimirzaev bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq. 

22. Zarba! Anvar Hojimirzaevning chamasi 18 metrdan yo'llagan zarbasi Shirinboy Abdullaevga qiyinchilik tug'dirmadi. 

20. GOL! "Dinamo" jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan pala-partish vaziyatdan Tabatadze unumli foydalanib ketdi. Gruziyalik hujumchining erlatib bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'ridan joy oldi – 0:1!

16. Zarba! Mahamadjonovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin to'p jonli devorga tegib maydonni tark etdi, 

14. Fraydey qanotdan oldinga o'tib, ichkariga pas uzatdi, biroq to'pni darvozabon Abdullaev egallab oldi. 

10. Kolakovich maydon markazida Hojimirzaevga nisbatan qo'pol harakat qildi va qoidani buzgan bo'lsa-da, hakamning fikriga qo'shilmayapti. 

7. "Dinamo" muxlislari sevimli jamoasini tinimsiz qo'llab-quvvatlamoqda. Jamoa ham shunga monand ishonch bilan, mezbonlarga xos tarzda to'p tepmoqda. 

4. Uuuux! "Dinamo"dan dastlabki xavfli hujum! Richard Fraydey birga-bir holatga chiqib borib zarba berdi, to'pni Abdullaev qaytardi, qaytgan to'pni Hojimirzaev darvozaga kiritolmay qoldi... 

1. Bahs boshlandi! 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

+3   
18 okt 21:14:33
Behzod Holdorov
Qoyil Dinamo! Mana qanaqa o'ynash kerak. Samarqand kuniga ajoyib sovg'a!
+2   
18 okt 21:11:05
Samar O'ralov
O A foydalanuvchining fikriga javob berish
Abramov zo'r trenir bo‘lsa mtj ni jch ga olib chiqardi. Bu Dinamo o'zi oldindan kuchli edi. Abromov 1 - liga ishlasin . Darajasi shu
Dinamo qachon kuchli bo'lgan edi. Bu Dinamoniyam Abramov Pro Ligadam olib chiqib shu darajaga yetkazdi
+2   
18 okt 19:34:21
Кодиржон
Хамма самаркандликларни Самарканд шахар куни бн табриклиман
+2   
18 okt 19:26:17
Y@Go_6060
Динамо только победа
+2   
18 okt 18:28:57
Rasul Xasanov
Динамодан галаба курамиз
+1   
18 okt 19:48:17
Аллаёров Ёдгор
ikkala qushnilarga xam omad kuchlisi yutsin
+1   
18 okt 18:59:25
ЮВЕНТУС-10
Фарход foydalanuvchining fikriga javob berish
Иккита кухна шахар клублари тукнаш келаяпти ( тожик дерби )
Унака деманг билмасангиз хеч канакасига тожик дербемас Узбекнинг єнг гузал шахарлари дербеси бу шахарларда тожикни 01 фоиз хам алокаси йук
+1   
18 okt 18:48:52
Muhammadjon andijon pfc
Dinamoni zaxirasi juda kuchli ekanu.
   
18 okt 21:18:46
Salox..
Abramovga kuchliroq tarkib boʻlganda muddatidan oldin chempion boʻlardi, kamtarona tarkib bilan shu darajada qoil .
   
18 okt 21:10:10
Рома
Мана булар эканку 2 булимда уйнаса
   
18 okt 21:08:28
Азим Исмаилов
Бухоро энди дам олса буловради
   
18 okt 20:55:33
Kane 010 Kane 010
Давай давай давай давай давай давай давай давай Динамо мухлислари
   
18 okt 20:41:14
Фарход
Динамо бошлади, давай-давай Динамо, бале-бале Динамо , Енгилмас бу Ок Армия, ДИ-НА-МО
   
18 okt 19:51:20
Адхамжон Низамов
Бухоро ба пеш.
   
18 okt 19:03:38
Фарход
ЮВЕНТУС-10 foydalanuvchining fikriga javob berish
Унака деманг билмасангиз хеч канакасига тожик дербемас Узбекнинг єнг гузал шахарлари дербеси бу шахарларда тожикни 01 фоиз хам алокаси йук
Ок дуст
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика