Superliga. "Dinamo" - "Bunyodkor" o'yini sanasi o'zgardi
11 sen 2024 11:23
Yangiliklar
Superliga. "Dinamo" - "Bunyodkor" o'yini sanasi o'zgardi
Superliga 18-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Bunyodkor" bellashuvi reja bo'yicha 15 sentyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tishi lozim edi.
SHu kuni shaharga yuqori martabali mehmonlar tashrifi rejalashtirilganidan kelib chiqib, uchrashuv 14 sentyabr, shanba kuniga ko'chirildi. O'yin vaqti o'zgarishsiz qoldi — 19:30.
14 sentyabr kuni mamlakatimizda futzal bo'yicha Jahon chempionati start oladi. "Sport" telekanali o'z dasturlarini mundialga moslab chiqqan. SHu sabab "Dinamo" — "Bunyodkor" bellashuvini efirga uzatishda muammo yuzaga keladi. Telekanal bilan o'yinni Liganing rasmiy YouTube sahifasiga jonli uzatish kelishilgan. Ayni vaqtda uning Samarqand televideniesi orqali ham efirga olib chiqish masalasi ustida ishlanmoqda.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar