So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Superliga. "Buxoro" yosh futbolchilarning gollari evaziga "Qizilqum"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Buxoro" yosh futbolchilarning gollari evaziga "Qizilqum"ni mag'lub etdi

Superliga 2-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

Superliga

2-tur

"Buxoro" – "Qizilqum" 2:0

Toshkent. "Jar" stadioni. 19:30

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Sherzod Azamov

Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Andrey Capenko

Komissar: Vladimir Nazarov

Gollar: 1:0 – 9, Javohir Ro'ziev, 2:0 – 86, Ravshan Xayrullaev (Muhammad Yo'ldoshev).

"Buxoro": 1.Shirinboy Abdullaev, 8.Anvar Jo'raev (6.Ravshan Xayrullaev, 56), 10.Shohruz Norxonov (14.Mahmud Jo'raboev, 90+1), 17.Javohir Ro'ziev, 25.Frane Chiryak (5.Sardor Qulmatov, 90+2), 27.Muhammad Yo'ldoshev (4.Javohir O'tamurodov, 90+2), 33.Yosip Tomasevich, 88.Dominik Begich (19.Bilol Tupliev, 79), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Shahboz Jo'rabekov.

Zaxira: 21.Otabek Boymurodov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 71.Albert Nurullaev, 77.Asilbek Qayumov.

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhom Vahobov, 5.Dilshod Komilov, 8.Shahzod Rahmatullaev, 10.Roman Papariga, 11.Jambuli Jigauri, 15.Nikola Kumburovich, 18.Farhod Bekmurotov (7.Davron Anvarov, 77), 70.Alen Mashovich (77.Fayzullo Jumanqo'ziev, 77), 79.Diyor Rahmatilloev (99.Elguja Lobjanidze, 46), 88.Dushan Miyich.

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 6.Murodali Usmonov, 9.Humoyun Abdualimov, 22.Shahzod Turopov, 23.Samandar Shukurullaev, 33.Sulton Rahmatov.

Ogohlantirishlar: Shohruz Norxonov (34), Ilhom Vahobov (45), Dilshod Komilov (90)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. "Buxoro" uch o'zgarish amalga oshirdi.

90. Norxonovni qo'pollik evaziga to'xtatib qolgan Komilov ogohlantirildi.

"Qizilqum" darvozasini ishg'ol qilgan Javohir Ro'ziev 20, Ravshan Xayrullaev esa 19 yoshda.

86. GOL! Zaxiradan maydonga tushgan Xayrullaev chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi bilan hisobdagi farqni oshirdi!

83. "Qizilqum"ning jarima uzatmasi Abdullaevning qo'liga kelib tushdi.

79. "Buxoro"da o'zgarish: Begich o'rniga Tupliev tushirildi.

77. "Qizilqum"da ikki o'zgarish: Mashovich va Bekmurodov o'rniga Anvarov va Jumanqo'ziev tushirildi.

69. Xavfli vaziyat! "Buxoro" hujumchisi raqib jarima maydonida o'ta qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi.

66. Jo'rabekovning tepgan to'pini Quvvatov egallab oldi.

65. Ro'zievga nisbatan fol ishlatildi. "Buxoro" standart vaziyat ishlab oldi.

62. Xavfli vaziyat! Jigaurining ilk zarbasini darvozabon, ikkinchisini darvoza ustuni qaytardi.

58. Chiryak tomonidan yo'langan zarbaga aniqlik etishmadi.

56. "Buxoro"da o'zgarish: Xayrullaev Jo'raevni almashtirdi.

53. Vahobovning uzatgan to'pi Papariganing noaniq zarbasi bilan yakunlandi. 

51. Zarba! Begichning o'ng qanotdan uzatmasini Yo'ldoshev chiroyli uslubda darvozaga to'g'rilab qo'ymoqchi bo'ldi, ammo Quvvatov hushyorlikni yo'qotmadi.

50. Masovich tomonidan yo'llangan zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

48. Yo'ldoshevning jarimadan tepgan to'pini Quvvatov egallab oldi.

47. Begich Vahobov tomonidan yiqitildi. Mezbonlar standar vaziyatga ega bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Qizilqum"da o'zagrish: Lobjanidze Rahmatilloevni almashtirdi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Vahobov "Buxoro"ning tezkor qarshi hujumini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

43. "Qizilqum" hujumi natijasida burchak zarbasi ishlab oldi.

40. Bekmurodovning kuchli zarbasi Ro'zievga tegib qaytdi. "Buxoro" futbolchisi tibbiy yordamga muhtoj.

34. Norxonov Bekmurodovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

34. "Qizilqum" chap qanotdan hujum tashkil etdi, biroq hujum to'pning Abdullaevga kelishi bilan yakunlandi.

31. To'qnashuv natijasida yana to'xtalish yuzaga keldi.

28. "Qizilqum" burchak zarbasiga ega bo'ldi. 

24. Zarba! Ro'zievning say-harakatlaridan so'ng Begich raqib jarima maydonida zarba yo'lladi, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

22. Muhammad Yo'ldoshevning uzatmasini "Qizilqum" himoyachisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

22. Hozircha to'xtalishlar biroz ko'paydi.

20. "Qizilqum" burchak uzatmasiga ega bo'ldi. Jigaurining uzatmasini Abdullaev qaytardi.

17. "Buxoro" yana chap qanotdan hujum tashkil etdi. Uzatma "Qizilqum" himoyachilari tomonidan qaytarildi.

11. "Buxoro" tezkor qarshi hujum tashkil etishi natijasida Yo'ldoshev ham uzoqroq nuqtadan gol urishga harakat qildi, uning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

9. GOL! "Buxoro" hisobni ochdi! Javohir Ro'ziev uzoq masofadan Quvvatov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi!

8. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning qo'pol xatoasidan so'ng raqib jarima maydoni ichida zarba yo'lladi, biroq uning urinishiga biroz aniqlik etishmadi.

2. Chap qanotdan uzatma natijasida "Buxoro" futbolchisi raqib jarima maydonida yiqildi, biroq hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

1. O'yin boshlandi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Buxoro" oq, "Qizilqum" ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика