Superliga. 7 ta hisoblangan va bitta inobatga olinmagan gol hamda samarasiz penalti: "Andijon" "Sho'rtan"ni mag'lub etdi
17 okt 20:31
Yangiliklar


Superliga. 7 ta hisoblangan va bitta inobatga olinmagan gol hamda samarasiz penalti: "Andijon" "Sho'rtan"ni mag'lub etdi
SUPERLIGA. 25-TUR
"Andijon" – "Sho'rtan" 4:3
16.10.2025
Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov
Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Rasul Fozilov
Zaxira hakami: Muzaffar Yakubov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Shohruh Azamov
Komissar: Diyor Xotamqulov
Gollar: 1:0 – 5, Otabek Jo'raqo'ziev (Bektemir Abdumannonov), 2:0 – 17, Usmonali Ismonaliev (Bektemir Abdumannonov), 2:1 – 20, Po'latxo'ja Xoldorxonov, 2:2 – 33, Doniyor Narzullaev (Abubakr Rizo Turdialiev), 3:2 – 53, Usmonali Ismonaliev (Damir Temirov), 4:2 – 60, Doniyor Abdumannopov (penalti), 4:3 – 63, Po'latxo'ja Xoldorxonov
"Andijon": 31. Erjan Tokotaev, 3. Sunnatulloh Hamidjonov (14. Abdurahmon Komilov, 52), 5. Abdulvohid G'ulomov, 8. Shahzod Azmiddinov, 11. Otabek Jo'raqo'ziev (88. Shohjahon Yorqinboev, 78), 18. Damir Temirov (9. Saidumarxon Saidnurullaev, 78), 22. Usmonali Ismonaliev (16. Abdurahmon Abdullaev, 88), 23. Doniyor Abdumannopov, 26. Muhammadkarim Toirov, 27. Kristiak Novak, 71. Bektemir Abdumannonov
Zaxira: 1. Eldor Adhamov, 2. Abubakir Ashurov, 13. Sardor Azimov, 21. Asadbek Habibullaev, 99. Muhammadali Usmonov
"Sho'rtan": 1. Shohruh Eshbo'taev, 3. Shohjahon Sultonurodov (4. Ulug'bek Xudoyberdiev, 42), 6. Odil Abdumajidov, 8. Abubakr Rizo Turdialiev, 9. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 10. Temur Mamasiddiqov, 21. Muhammadaziz Ibrohimov (11. Jasur Hakimov, 86), 24. Doniyor Narzullaev (14. Abror Toshqo'ziev, 86), 55. Aziz Pirmuhammadov, 70. Mirjalol Jumaev (15. Jo'rabek Mannonov, 42), 76. Islom Kenjaboev (17. Farruh Muxtorov, 78)
Zaxira: 35. Sherzod Abduraimov, 19. Nuriddin Hasanov, 22. Sardor Sadullaev, 88. Diyor Asomiddinov
Ogohlantirishlar: Doniyor Narzullaev (31), Erjan Tokotaev (90+2), Abdulvohid G'ulomov (90+4), Jasur Hakimov (90+5), Shahzod Azmiddinov (90+5)
Urilmagan penalti: Damir Temirov (26, darvozabon)
MATNLI TRANSLYACIYA
O'yin yakunlandi.
90+9. "Sho'rtan" standartga ega bo'ldi. Zarba noaniq.
90+5. Ikki jamoadan bir nafar futbolchi ogohlantirildi.
90+4. Abdulvohid G'ulomov vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi.
90+2. Erjan Tokotaev ogohlantirildi.
90. Ikkinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shildi.
88. "Andijon"da o'zgarish.
86. "Sho'rtan"da ikki o'zgarish.
78. "Andijon"da ikki, "Sho'rtan"da bir o'zgarish.
77. Hakam o'yinni davom ettirishga qaror qildi.
75. Hakam VAR monitori orqali ehtimoliy penaltini ko'rmoqda. "Andijon" jazolanishi mumkin. Komilov qo'pollik ishlatgan bo'lishi mumkin.
70. Temirovning zarbasi noaniq.
63. GOL! "Sho'rtan" hisobni qisqartirdi! Xoldorxonov Komilovning qo'pol xatosidan unumli foydalanib, dublini rasmiylashtirdi!
60. GOL! Doniyor Abdumannopov penaltini aniq amalga oshirdi!
60. VAR monitorida vaziyatni ko'rgan bosh hakam penalti belgiladi.
55. Jo'raqo'ziev raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishga ishora qildi.
53. GOL! Ismonaliev ikkinchi golini urib, "Andijon"ni hisobda oldinga olib chiqdi!
51. Xoldorxonovning zarbasi Novakdan maydonni tark etdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Taym yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.
42. "Sho'rtan" tarkibida ikki o'zgarish.
41. Xoldorxonovning goli ofsayd sababli inobatga olinmadi.
38. Jo'raqo'zievning zarbasi noaniq.
36. Jo'raqo'zievning jarima maydonidan yo'llagan zarbasiga "Sho'rtan" himoyachisi "blok" qo'ydi.
33. GOL! Doniyor Narzullaev hisobni tenglashtirdi – 2:2! "Sho'rtan" yarim himoyachisining zarbasi rekoshet hosil qilib, darvozadan o'rin oldi.
31. Narzullaev Abdumannonovni qoidabuzarlik evaziga to'xtatgani uchun ogohlantirildi.
28. Tokotaev to'pga chiqishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, Novak to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
26. Damir Temirov tepgan penaltini "Sho'rtan" darvozaboni Shohruh Eshbo'taev qaytardi!
24. "Sho'rtan" darvozasiga penalti belgilandi. Damir Temirovga nisbatan Shohjahon Sultonurodov fol ishlatdi.
20. GOL! Xoldorxonov hisobni qisqartirdi! "Sho'rtan" hujumchisi deyarli 1 metr masofadan bo'sh darvozani ishg'ol qildi.
17. GOL! Ismonaliev tezkor qarshi hujumda "Sho'rtan" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va aniq zarba yo'lladi!
14. Hamidjonov Mamasiddiqovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
11. Mamasiddiqovning uzatmasini Tokotaev egalladi.
10. "Sho'rtan" futbolchisining zarbasiga aniqlik etishmadi.
8. Ismonaliev zarbasini Eshbo'taev egalladi.
5. GOL! Jo'raqo'ziev chap qanotdan uzatmani "Sho'rtan" darvozasiga to'g'rilab qo'ydi!
3. Markazda Toirovga nisbatan fol ishlatildi.
1. O'yin boshlandi.
Jamoalar maydonga chiqishdi. "Andijon" qizil, "Sho'rtan" ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar