So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Superliga. "Andijon" "Bobur Arena"da "Nasaf" bilan durang o'ynadi, Zoteevdan shedevr gol! Yangiliklar

Superliga. "Andijon" "Bobur Arena"da "Nasaf" bilan durang o'ynadi, Zoteevdan shedevr gol!

Superliga 2-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Nasaf" bahsi yakuniga etdi.

Superliga

2-tur

"Andijon" – "Nasaf" 1:1  

Andijon. "Bobur Arena". 19:30

Gol: Oleg Zoteev (Mirzad Mehanovich) 14' – Suhrob Nurulloev (Shuhrat Muhammadiev) 28'

Bosh hakam: Rustan Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmanov

Zaxira hakami: Alisher Rahimqulov

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Timur Gaynullin

Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Ohunov

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 4.Islom Mamatkazin, 5.Abdulvohid G'ulomov, 7.Rustam Turdimurodov (11.Islam Mashukov, 80), 8.Iskandar Shayqulov (6.Altin Kreziu, 57), 9.Mirzad Mehanovich (10.Ilhom Abdug'aniev, 87), 22.Usmonali Ismonaliev (13.Sardor Azimov, 87), 23.Doniyor Abdumannopov (71.Bektemir Abdumannonov, 57), 26.Muhammadkarim Toirov, 33.Oleg Zoteev, 66.Miomir Jurichkovich.

Zaxira: 25.Valijon Rahimov, 14.Abdurahmon Komilov, 17.Farhod Sohibjonov, 32.Luka Uskokovich.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javohir Sidiqov (8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 80), 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhitdinov, 17.Suhrob Nurulloev (18.Stefan Cholovich, 60), 18.Husayn Norchaev, 22.Igor Golban (5.G'olib G'aybullaev, 80), 28.Shuhrat Muhammadiev, 77.Oybek Bozorov, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 23.Dilshod Murtazoev, 24.Sardor Bahromov, 33.Bahodir Halilov, 55.Diyor Abdunazarov, 80.Davronbek Usmonov.

Ogohlantirishlar: Iskandar Shayqulov (24), Islom Mamatkazin (48), Akmal Mozgovoy (71), Shuhrat Muhammadiev (75), Zafarmurod Abdiraxmatov (84).

MATNLI TRANSLYACIYA

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. Ro'ziqul Berdiev Zoteevga qarshi fol va etirozlar uchun sariq kartochka oldi. 

90. Ikkinchi taymga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

87. "Andijon"da 2 ta o'zgarish: Mehanovich o'rniga Abdug'aniev, Ismonaliev o'rniga Azimov tushdi.  

87. Zarba! Mashukov katta tezlikda oldingi bordi, biroq noaniq zarba yo'lladi. 

84. Zafarmurod Abdiraxmatov darvozabonga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi. 

82. Uuux! Ismonalievning kuchli zarbasi darvozaga aniq bormadi, u juda afsusda. 

80. "Nasaf"da 2 ta o'zgarish: Golban o'rniga G'aybullaev, Muhammadiev o'rniga Abdiraxmatov o'yinga qo'shildi. 

80. "Andijon"da o'zgarish: Turdimurodov o'rniga Mashukov bahsni davom ettiradi.

79. Zarba! Cholovichning aylanma zarbasini Adhamov qaytardi. 

77. Uuux! Dragan Cheran ajoyib kombinaciyadan so'ng zarba yo'lladi, Eldor Adhamov mahorat ko'rsatdi. 

75. Shuhrat Muhammadiev Abdumannonovga nisbatan qaltis o'ynadi va sariq oldi. 

73. Oleg Zoteev va Akmal Mozogovoy uzoq tortishishdi, oxiri hakam vaziyatga aralashib, og'zaki tushuntirish berdi. 

71. Akmal Mozgovoy Toirovga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

69. "Nasaf"ning ketma-ket burchak zarbalari samara keltirmadi. 

66. Mehanovichning uzatmasidan keyin hujumda fol ishlatildi. 

64. Uuuux! Ismonalievning aylanma zarbasi yo'liga Eshmurodov to'g'anoq bo'ldi. Zarba yaxshi ketayotgandi... burchak zarbasi amalga oshiriladi. 

60. "Nasaf"da almashtirish: Nurulloev o'rniga Cholovich bahsni davom ettiradi. 

57. "Andijon"da 2 ta o'zgarish: Abdumannopov o'rniga Abdumannonov, Shayqulov o'rniga Kreziu tushirildi. 

55. Zarba! Suhrob Nurulloevning zarbasi rikoshet orqali Eldor Adhamovning qo'liga borib tushdi. 

53. Uuuux! Oybek Bozorovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi ancha xavfli ko'rinish oldi! 

48. Husayn Norchaevga ishlatgan qo'polligi uchun Islom Mamatkazinga sariq kartochka ko'rsatildi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 1:1. Tanaffus! 

45+1. Uuuux! Abdumannopov fint orqali himoyachini aldadi, ammo so'nggi pallada sal noaniq zarba berdi. 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

44. "Andijon" "Nasaf" jarima maydonchasi yaqinida va hujumlar tashkil etmoqda. 

37. Sharof Muhitdinovning havolatib amalga oshirgan pasidan so'ng himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

32. O'yin tempi biroz pasaydi. Muxlislar esa tempni aslo pasaytirayotgani yo'q. "Bobur Arena" shakarsan, shakar! 

28. GOL! Suhrob Nurulloevning uzoqdan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza to'ridan joy oldi, bir ko'rishda Husayn Norchaev to'pga tekkandek tuyulgandi. Hisob tenglashdi – 1:1! (VIDEO)

24. Iskandar Shayqulov tezkor hujumga o'tgan Javohir Sidiqovni yiqitdi va sariq kartochka oldi. 

22. Akmal Mozgovoy maydon markazida Iskandar Shayqulovga nisbatan qo'pol harakat qildi, ammo jazolanmadi. 

18. Oybek Bozorov jarima maydonchasi ichida noaniq zarbaga mualliflik qildi, yaxshi vaziyat edi. 

14. GOL! Oleg Zoteevdan ajoyib reyd va qoyilmaqom gol! Tur golimi?! U himoyachini nozik fint bilan aldab, to'pni darvoza to'riga joyladi – 1:0! (VIDEO)

13. Zarba! Sharof Muhitdinovning olis masofadan jarimadan yo'llagan zarbasi aniq bormadi. 

12. Uuuux! Abdulvohid G'ulomovning uzatmasidan so'ng to'p himoyachiga tegib darvozaga kirib ketishiga bir baxya qoldi. 

10. Hozircha aytarli vaziyatlar mavjud emas. Jamoalar ehtiyotkorlik bilan to'p tepmoqda. 

7. "Nasaf" maydonda birinchi raqam bo'lib o'ynashga urinmoqda. "Andijon" esa qarshi hujumga taraddud ko'rmoqda. 

4. Zarba! Akmal Mozgovoyning zarbasi ancha noaniq ketdi. 

2. Andijonlik muxlislar avjiga chiqishni boshlab yubordi. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика