So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Superliga. 6-tur laureatlari aniqlandi Yangiliklar

Superliga. 6-tur laureatlari aniqlandi

Saytimiz o'z ananasiga muvofiq Superliga 6-turining eng yaxshilarini aniqladi.


Tur darvozaboni - Abduvohid Nematov ("Nasaf")
2001 yilda tug'ilgan "Nasaf" posboni Abduvohid Nematov championat.asia talqiniga ko'ra 6-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 18 yoshli darvozabon AGMK bilan uchrashuvda Superligadagi debyutini o'tkazdi. Mazkur bahsda Nematov o'zini yo'qotib qo'ygani yo'q va bir necha marta "ajdarlar"ni gollardan qutqarib qoldi. Superligadagi ilk uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolish uncha-muncha posbonning qo'lidan kelavermaydi. Quvonarlisi Ro'ziqul Berdiev jamoasida ikki nafar yosh posbon etishib chiqmoqda.




Tur futbolchisi - Humoyun Murtozaev ("Nasaf")
Ortda qolgan turda eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun nomzodlar ko'p edi. Ular orasida "Nasaf" hujumchisi Humoyun Murtozaevni eng yaxshi deb topdik. Futbolchi 6-turda AGMK bilan bahsda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'yishga erishdi va jamoasining yirik g'alabasiga xissa qo'shdi. Bir necha yil davomida "Mashal" sharafini himoya qilgan Murtozaev bu yil "ajdarlar" safiga o'tdi va jamoaning muhim azolaridan biriga aylanib oldi. SHunday davom etsa mavsum yakunida to'purarlar poygasida yuqori pog'onalarda bo'lishiga ishonamiz.



Tur murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf")
Saytimiz talqiniga ko'ra 6-turning eng yaxshi murabbiyi deb Qarshining "Nasaf" klubi ustozi Ro'ziqul Berdiev tan olindi. Ha, bu tur barcha laureatlar "Nasaf"dan bo'ldi. Ko'pchilik buning uchun bizni tanqid qilishi mumkin, lekin "ajdarlar"ni mana shunday yosh tarkib bilan o'ynayotgan va kerak bo'lsa raqiblarni yirik hisobda mag'lub etayotgan Ro'ziqul Berdievga tan berish kerak. "Nasaf" o'tgan turda Andijondagi mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlab, o'z maydonida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMKni 4:0 hisobida mag'lub etdi.



championat.asia talqiniga ko'ra tur laureatlari:

1-tur

Darvozabon - Xurshid Xodjaev ("Buxoro")
Murabbiy - SHota Arveladze ("Paxtakor")
Futbolchi - Dragan CHeran ("Paxtakor")

2-tur
Darvozabon - Botirali Ergashev ("Dinamo")
Murabbiy - Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf")
Futbolchi - Elguja Grigalashvili ("Qizilqum")

3-tur
Darvozabon - Murodjon Zuhurov ("Bunyodkor")
Murabbiy - Andrey Miklyaev ("Surxon")
Futbolchi - Zafar Polvonov (AGMK)

4-tur
Darvozabon - O'tkir Yusupov ("Navbahor")
Murabbiy - Andrey Kanchelskis ("Navbahor")
Futbolchi - Jasur Jaloliddinov ("Bunyodkor")

5-tur
Darvozabon - Murodjon Zuhurov ("Bunyodkor")
Murabbiy - Andrey Kanchelskis ("Navbahor")
Futbolchi - Lutfulla To'raev ("Bunyodkor")

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика