Superliga 25-tur faktlari. "Bunyodkor"da tarixiy g'alaba, OKMK 11 yildan so'ng Toshkentda "Paxtakor"ni yutdi, "Navbahor"ning ishlari besh
25 noy 2024 11:20
Yangiliklar
Superliga 25-tur faktlari. "Bunyodkor"da tarixiy g'alaba, OKMK 11 yildan so'ng Toshkentda "Paxtakor"ni yutdi, "Navbahor"ning ishlari besh
Jamoalar bir qator ko'rsktkichlari, o'zaro o'yinlardagi seriyalarni yangilashdi.
- OKMK 11 yildan so'ng mehmonda "Paxtakor"ni mag'lub etdi. Olmaliqliklar so'nggi marotaba 2013 yil Igor SHkvirin boshchiligida Toshkentda "sherlar"dan ustun kelgan edi.
- OKMK Mirjalol Qosimov boshqaruvida ilk bor bir mavsumda ikki marotaba "Paxtakor"ni taslim qildi.
- Olmaliq klubining yaponiyalik legioneri Arixiro Sentoku bu mavsumda 3 ta gol urdi. U gol urgan o'yinlarda jamoasi mag'lub bo'lmadi ("Bunyodkor" 1:0, "Paxtakor" 4:2, 2:0).
- Nodir Abdurazzoqov ketma-ket 3 ta turdan buyon raqiblar darvozasini ishg'ol qilib kelmoqda. Bu o'yinlarda OKMK 2 ta durang, 1 ta g'alaba qayd etdi.

- "Paxtakor" bu mag'lubiyatdan so'ng 2024 yilni medalsiz yakunlashi aniq bo'ldi. Bunday holat so'nggi bor 2016 yilda qayd etilgan bo'lib, o'shanda jamoa 5-o'rinni band etgandi.
- "Nasaf" ketma-ket beshinchi marotaba Farg'onadan g'alabasiz qaytdi. "Neftchi" so'nggi bor 2017 yil o'z maydonida bu raqibga yutqazgan edi.
- "Neftchi"da mag'lubiyatsiz seriya 11 ta o'yinga etdi. Farg'onaliklar oxirgi marotaba 14-turda o'z maydonida "So'g'diyona"ga yirik hisobda mag'lub bo'lgan edi.
- "Ajdarlar" 5 oydan so'ng mehmonda mag'lubiyatga uchradi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari safarda oxirgi martta 11-turda Jizzaxda "So'g'diyona"ga 3 ochko ulashgandi.
- Husayn Norchaev "Neftchi" tarkibida 4 oydan so'ng gol urdi. Hujumchi oxirgi to'pini 13-turda "Lokomotiv" darvozasiga kiritgandi.

- "Qizilqum" ketma-ket 10 ta o'yindan buyon "Navbahor"ni engishning uddasidan chiqayotgani yo'q. Navoiy jamoasining so'nggi g'alabasi 2019 yilgi mavsumda qayd etilgan.
- "Lochinlar"ning Superligadagi mag'lubiyatsiz seriyasi 5 ta o'yinga etdi. Jamoani yutish 20-turda "So'g'diyona"ga nasib qilgan.
- Jamshid Iskanderov Superligadagi oxirgi 2 ta o'yinda 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
- "Bunyodkor" o'z tarixida birinchi marotaba "Olimpik"ni yutdi. Bundan avvalgi 4 ta o'yinda durang qayd etilgan, 1 ta o'yinda "Olimpik" 3 ochko qo'lga kiritgan.
- "Dinamo" 10 yildan buyon mehmonda "Andijon"ni mag'lub etishning uddasidan chiqayotgani yo'q.

- "Metallurg"ning 5 o'yindan iborat g'alabasiz seriyasi yakuniga etdi. Bekobodliklar so'nggi bor 19-turda g'alabani o'ziniki qilgan edi.
- "Lokomotiv" 7 yildan buyon Jizzaxdan ortga g'alabasiz qaytmoqda. Bu holat joriy mavsumda ham davom etdi. "Temiryo'lchilar" so'nggi martta 2017 yil "So'g'diyona" maydonida zafar quchgan (4:0).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar