So’nggi yangiliklar

09:21"Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборган Арбелоа нималар деди?  0 08:53Садио Мане Сенегалдан чемпионликни олиб қўйилганига кескин муносабат билдирди  3 08:25Гвардиола: "Ҳусанов учун бу EЧЛдаги илк тажриба йили бўлди"  8 07:57Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади  1 07:30Sofascore. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг юқори баҳога лойиқ кўрилди  5 07:30ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2  55 05:55Шиддатли кечган баҳсда ўсмирларимиз Марокашни мағлуб этишди  1 03:05ЕЧЛ. "Арсенал" жавоб учрашувида "Байер"ни мағлубияга учратиб, чорак финалга йўл олди  14 03:00ПСЖ "Челси"ни иккинчи учрашувда ҳам йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, кейинги босқичга йўл олди  38 02:56Даҳшат! Сенегалдан Африка чемпионлиги олиб қўйилди. Марокаш терма жамоаси финалдан икки ой ўтиб, Африка миллатлар кубоги ғолиби деб топилди!   37 02:55ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  381 01:35Эртак якунланди. "Спортинг" "Буде Глимт" қарши камбэк амалга ошириб, кейинги босқичга йўл олди  26 01:09"Будё Глимт" ЕЧЛда ғалати рекорд ўрнатди  3 00:23"Бавария" "Реал"га қарши эҳтимолий тўқнашув олдидан "Бернабеу"нинг томидан "чўчимоқда"  11 23:15Мексика Эроннинг ЖЧ-2026даги ўйинларини қабул қилишга тайёр. Бу ҳақда мамлакат президенти маълум қилди  6

Superliga. Vodiy derbisida "Navbahor" so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Neftchi"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. Vodiy derbisida "Navbahor" so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga "Neftchi"ni mag'lub etdi

Superliga 8-tur doirasidagi "Navbahor" - "Neftchi" o'yini yakunlandi.

"Navbahor" – "Neftchi" 1:0

19 may. Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Aziz Asimov

Qanot hakamlari: Avaz Abdullaev, Oybek Kalaxo'jaev    

Zaxira hakami: Farruh Yansupov

VAR: Rustam Lutfullin 

AVAR: Ziyodullo Abdurahmonov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov  

Komissar: SHohruh Said

Gol: 1:0 — 90+4, Filip Ivanovich (Ruslanbek Jiyanov)

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov (s), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 11. Asadbek Sobirjonov (17. Ruslanbek Jiyanov, 66), 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboev, 22. Toma Tabatadze, 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 77. Abrorbek Ismoilov (6. Ibrohim Yo'ldoshev, 90+7)

Zaxira: 12. Aleksandr Lobanov, 8. Siyavash Haqnazari, 19. SHerzodbek Abdulboriev, 21. Giorgi Nikabadze, 24. Dostonbek Abdulhaev, 33. SHodiyor SHodiboev, 71. Navro'zbek Iminjonov.

"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 2. Zoir Jo'raboev, 7. Jasur Jaloliddinov (11. Javohir Qahramonov, 70), 8. Katalin Karp, 10. SHohruz Norxonov (77. Bilolxon Toshmirzaev, 46), 18. Mixai Roman (99. Nsungusi Effiong, 64), 20. Anvarjon G'ofurov (s), 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 23. Diyorjon Turopov (9. Husayn Norchaev, 65), 55. Manuchehr Safarov, 70. Abbosjon G'ulomov (14. Xurshidbek Muxtorov, 84)

Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Jaloliddin Jumaboev, 4. Boyan Ciger, 17. Sanjar Qodirqulov.

Ogohlantirishlar: Mixai Roman (59), Jasur Jaloliddinov (59), Katalin Karp (67), Farruh Sayfiev (69), Nsungusi Effiong (85), Samvel Babayan (86).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. GOL! Ivanovich burchakdan uzatilgan to'pni bosh bilan "Neftchi" darvozasiga joylab qo'ydi!

90+2. Mehmonlarning ketma-ket zarbalariga aniqlik etishmadi.

90+1. Norchaev raqib jarima maydonida yiqildi, ammo hakam penaltiga asos topmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.

86. Samvel Babayan ogohlantirildi va u Muhsin Ubaydullaevga seni deb sariq kartochka oldim deya ishora qilmoqda.

85. Effiong raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

83. G'ulomovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

79. Tabatadze ham bugungi ananaga amal qilib, jarima zarbasidan "jonli devor"ni noishonga oldi.

74. Ahmedov yuqoriga tepishda Jaloliddinov rekordini yangilagan ko'rinadi.

70. "Neftchi"da o'zgarish: Qahramonov Jaloliddinov o'rniga maydonga tushdi.

69. Sayfiev raqib posboniga xalaqit bergani uchun sariq kartochka oldi.

67. Karp Jiyanovning yuziga urib yuborgani uchun ogohlantirildi.

66. "Navbahor"da o'zgarish: Jiyanov Sobirjonovni almashtirdi.

64. "Neftchi" tarkibida ikki o'zgarish ro'y berdi.

59. Mixay Roman va Jasur Jaloliddinov yo'q joydan sariq kartochka ishlab olishdi.

56. Toshmirzaev jarima zarbasidan jamoadoshlaridan birinchi bo'limdagi alamini oldi va "jonli devor"ni poyladi.

53. ZARBA! Sobirjonovning o'ng oyoqda yo'llaydigan zarbalari yaxshi edi. CHap oyoqdagisi emas.

49. ZARBA! Tabatadzening kuchli zarbasini Ergashev mushtlari bilan urib yubordi.

48. Mezbonlarda 20 metr masofada standart vaziyat yuzaga keldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Neftchi"da Norxonov o'rniga Toshmirzaev maydonga tushirildi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Garchand uchrashuvda hisob ochilmagan bo'lsa-da, o'yin shiddati va stadion atmosferasi ajoyib ko'rinish hosil qilgan. SHunday tomoshadan quruq qolgan kishilar mana shunday obraz hosil qilishsa, ajabmas.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. ZARBA! O'ng qanotdan uzatilgan to'pga G'ulomov bosh bilan zarba yo'lladi, uning urinishiga birozgina aniqlik etishmadi.

43. "Neftchi"ning qarshi hujumi Ahmedov tomonidan to'xtatib qolindi.

39. Jaloliddinov bugun gol urishga emas, o'yin so'ngiga qadar yuqoriga tepish rekordini yangilash uchun harakat qiladi, shekilli. 

38. ZARBA! G'ulomov "Navbahor" darvozasining yaqin pastki burchagini mo'ljalga oldi, Yusupov o'z mahoratini namoyish etdi.

36. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi. Ammo bu urinish dollar kursining pasayishini kutish singari besamar yakunlandi. 

30. Babayan qo'l ostida harakat qiladigan Ivanovichning qo'li maydon markazida raqib futbolchisi oyog'i ostida qolib ketdi.

25. Iskanderov stadionga TIR xonasidan chiqib kelyapti, menimcha. Bu safar Norchaev yuzidan Hasanboy Do'stmatov kuchiga teng zarba qabul qilib oldi. "Neftchi" futbolchilari ortga boshsiz qaytmasa bo'lgani.

24. "Neftchi" futbolchisining kuchli zarbasidan so'ng Tabatadze oyog'ini ushlab, maydonga quladi. 

21. So'nggi yangiliklarga ko'ra, Jaloliddinov "Navbahor" markaziy stadioni uchida uchib yurgan qushlardan birining umriga zomin bo'ldi. 

18. Tabatadze bolaligida quyonlar sevuvchi sabzavotni ko'proq istemol qilganida, Sayfievning uzatmasini bosh bilan golga aylantirgan bo'lardi.

17. "Neftchi" jarima maydonida to'p mehmonlar futbolchisining qo'liga tekkan ko'rinadi. Hakam VARga qo'ng'iroq qildi va qarorini o'zgartirmadi. 

14. Iskanderov jarimadan darvozani emas, Jaloliddinovning yuzini aniq nishonga oldi.

12. "Navbahor" jarima maydoniga uzatilgan to'p G'ulomovning priyoskani silab o'tdi. 

9. Jaloliddinovning zarbasiga shamol to'sqinlik qildi deya uni oqlab qo'yamiz.

7. Burchak zarbasi yakunida Ismoilov tomonidan yo'llangan zarba narx-navolarni yodga solib yubordi.

6. "Navbahor"da jarima zarbasi yuzaga keldi. Iskanderovning uzatmatgan to'pini mehmonlar maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

1. Mezbonlar to'pni maydon markazidan boshlagan hujum natijasidayoq zarba yo'llashdi, ammo to'p yo'nalishi noaniq ko'rinish oldi.

Gollarga boy o'tishi kutilayotgan uchrashuv boshlandi va allaqachon 1-daqiqa ortda qoldi. Hisob esa haliyam o'zgarmadi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Navbahor" futbolchilari ko'k,"Neftchi" o'yinchilari esa sariq-qora rangli liboslarda harakat qilishadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика