So’nggi yangiliklar

16:50"Жар" стадиони "Бухоро" – "Қизилқум" учрашувига шай ҳолатда!  0 16:32Фарғонадаги "Истиқлол" стадиони бугунги дербига тайёр!  2 16:05Қадрдон жамоалар тўқнашуви 7 йилдан сўнг яна "Истиқлол"га қайтмоқда. Бугун Фарғонада ким байрам қилади?  2 15:55ПФЛ статистик кўрсаткичларни комплекс кўриб чиқиши керак  1 15:29"Манчестер Сити" ПСЖ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 15:00"Бавария" Доннаруммага қизиқмоқда  1 14:38Англия терма жамоаси ЖЧ саралаш босқичи учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  5 14:21Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин ўтказади  1 14:05Модрич: "Ҳар уч кунда ўйнай оламан"  2 13:41Ўзбекисион U-18 терма жамоаси йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати  5 13:24Суперлига. 2-тур дисквалификациялари: "Насаф", "Хоразм" ва "Бухоро" 1 нафардан йўқотишга эга  1 13:01Александр Кержаков Ўзбекистондан тушган таклифни рад этган  14 12:40Футбол ҳакамлари академияси ташкил этилади  0 12:26ФАКТ. "Қизилқум" 10 йилдан буён меҳмонда "Бухоро"ни юта олмаяпти  0 12:14Суперлига. 2-тур ўйинларига превью  0

Superliga. 2-tur o'yinlariga prevyu Yangiliklar

Superliga. 2-tur o'yinlariga prevyu

Teglar :  SuperligaPrevyu
Bugun O'zbekiston Superligasining 2-tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Neftchi" – "Qo'qon-1912"

Jamoalarning tayyorgarlik holati

"Neftchi" chempionlikka favoritlaridan biri sifatida ko'rilayotganiga qaramay, ilk turdayoq ochko yo'qotdi. So'nggi ikki mavsumda eng ko'p durang o'ynagan jamoalar qatoridan joy olgan farg'onaliklar g'alabani ushlab qolishga urinish tufayli mag'lubiyatga uchrashiga ham bir bahya qoldi. Yakunda esa "mag'lubiyatsiz anana" davom ettirildi. Yuqori elitaga qaytgan "Qo'qon-1912" ham dastlabki turda 1 ochko bilan kifoyalandi. Bazi kamchiliklarni aytmaganda, "Andijon"ga qarshi bahs yomon o'tmadi. Jasur Xolto'raev bir necha bor raqib darvozasiga to'p kiritish uchun imkoniyatlarga ega bo'ldi. Baxtiyor Qosimov standart vaziyatlarni xavfli ijro etishini barchaga ko'rsatib qo'ydi. 

O'zaro o'yinlar tarixi

Superliga doirasida muxlislar Farg'ona derbisiga 30 marotaba guvoh bo'lishgan. Ularning 20 tasida "Neftchi", 6 tasida "Qo'qon-1912" g'alaba qozongan. Yana 4 o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 73-19, "Neftchi" foydasiga.

Imkoniyatlar

Ikki jamoaning ochkosi teng bo'lishiga qaramay, tarkib jihatdan, qolaversa, mezbonlik nuqtai nazaridan "Neftchi"ning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqoriroq. Biroq derbi maqomidagi o'yinda "Qo'qon-1912" ham jon-jahdi bilan kurashga kirishishiga shubha yo'q.


"Buxoro" – "Qizilqum"

Jamoalarning tayyorgarlik holati

Farg'ona derbisi singari qo'shni viloyatlar derbisi ham o'zgacha shiddatda o'tishi aniq. "Buxoro" ilk turda kumush medallarga ega chiqqan OKMK bilan tengma-teng bahs olib borib, so'nggi daqiqalarda alamli gol qabul qilib oldi. "Qizilqum" esa mavsumni ko'tarinki kayfiyatda boshladi. Nikola Lazarevich shogirdlari "Surxon"ni mag'lubiyatga uchratdi. Hozircha musobaqa peshqadami bo'lib turgan navoiyliklarda g'alabali seriyani davom ettirish istagi yuqori.

O'zaro o'yinlar tarixi

Jamoalar O'zbekiston chempionati tarixida 42 marotaba to'qnash kelgan bo'lib, 18 tasida "Qizilqum", 17 tasida "Buxoro"ning qo'li baland kelgan. Yana 7 o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 55-47, "Qizilqum" foydasiga.

Imkoniyatlar

Mazkur qarama-qarshilikda har qanday natija qayd etilish mumkin. Superligaga qaytgan "Buxoro" 2014 yildan beri o'z maydonida qo'shnilariga yutqazmagan. Biroq bo'lajak bahsda mehmonlarning kichik ustunligini taxmin qilish mumkin.

"Sho'rtan" – "Bunyodkor"

Jamoalarning tayyorgarlik holati

"Sho'rtan" birinchi turda muxlislari kutgan o'yinni namoyish eta olmadi. To'g'ri, Pro ligada tanish hisoblangan "Xorazm"ga qarshi uchrashuvda ko'plab xavfli vaziyatlar yaratildi, raqib darvozaboni bir necha bor jamoasi joniga ora kirdi. Biroq g'uzorliklar ham ko'pgina vaziyatlarda oddiy xatolarga yo'l qo'yishdi. "Sho'rtan"ni ikkinchi turda birinchisidan ancha jiddiyroq raqib kutib turibdi. "Bunyodkor" kuchli tarkibga ega "Neftchi"ga qarshi o'yinda nafaqat iroda ko'rsatdi, balki g'alaba uchun ham harakat qilib ko'rdi. Boy berilgan ochkolarni esa bu turda to'ldirishga urinib ko'radi.

O'zaro o'yinlar tarixi

Ikki jamoa chempionat doirasida 20 marotaba to'qnash kelgan. Ularning 14 tasida "Bunyodkor", 2 tasida "Sho'rtan" uchtun kelgan. Yana 4 uchrashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 38-5, "Bunyodkor" foydasiga.

Imkoniyatlar

Superligaga qaytgan Qashqadaryo jamoasi ilu turdan xulosa chiqargan holda o'z maydoni ilk g'alabasini qo'lga kiritishga urinib ko'radi. "Sho'rtan" bu raqib bilan tengma-teng o'yin ko'rsata olishini o'tgan yili O'zbekiston kubogida isbotlagandi. Ammo bo'lajak bahsda "Bunyodkor"ning uch ochko qo'lga kiritish imkoniyatlari yuqoriroq hisoblanadi. Qolaversa, poytaxtliklar tarkibi yangi mavsum oldidan sezilarli ravishda kuchaytirildi.

"Andijon" – "Nasaf"

Jamoalarning tayyorgarlik holati

Yangi mavsumda Osiyoning klublar o'rtasidagi nufuzli turnirlarida O'zbekiston sharafini himoya qiladigan jamoalar 2-turda o'zaro bellashadi. "Andijon" ilk turda "Qo'qon-1912" bilan bir ochkodan bo'lishib olgan bo'lsa, "Nasaf" qiyin o'yinda "So'g'diyona"ni mag'lub etishni uddaladi.

O'zaro o'yinlar tarixi

Jamoalar Superliga doirasida 46 marotaba to'qnash kelgan. Ularning 28 tasida "Nasaf", 7 tasida "Andijon" zafar quchgan. Yana 11 o'yinda kuchlar teng kelgan. To'plar nisbati: 99-51, "Nasaf" foydasiga.

Imkoniyatlar

"Andijon" so'nggi yillarda o'z maydonida "Nasaf"ga yutqazgani yo'q. "Burgutlar" o'zgacha atmosfera bag'ishlaydigan muxlislari qarshisida ilk g'alabasini tantana qilishga urinib ko'radi. Umuman olganda, kuchlar teng kelish ehtimoli yuqori, biroq "Nasaf" tarkib va tajriba jihatdan kichik ustunlikka ega.


"Dinamo" – "Mashal"

Jamoalarning tayyorgarlik holati

Samarqandliklar ilk turda tayyor g'alabani o'ziniki qila olmadi. "Navbahor"ga qarshi bellashuv so'ngidagi penalti ko'kka sovurildi. Ammo o'yin davomida "Dinamo" ancha shiddatli ekanligini ko'rsatdi. "Mashal"ning yangi mavsumga qay darajada ega ekanligi haqida hozircha etarlicha tasavvurga emasmiz, sababi muborakliklarning "Paxtakor"ga qarshi o'yini qoldirilgandi. Biroq ularning Pro liganing amaldagi g'olibi ekanligini esdan chiqarmaslik kerak.

O'zaro o'yinlar tarixi

Jamoalar chempionat doirasida 32 marotaba to'qnash kelgan. 17 o'yinda "Mashal", 12 uchrashuvda "Dinamo" g'alaba qozongan. To'plar nisbati: 40-35, "Mashal" foydasiga.

Imkoniyatlar 

Jamoalar so'nggi yillarda Pro ligadagi shiddatli to'qnashuvlari bilan yodda qolgan. Shunday nafasni yuqori diviziondagi to'qnashuvda ham ko'rishimiz tabiiy. "Mashal" ishtirokini ochko yo'qotmasdan boshlashga intiladi, biroq mezbonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqoriroq.


"Surxon" – "Xorazm"

Jamoalarning tayyorgarlik holati

Jamoalar ikkinchi turga ikki xil kayfiyatda etib keldi. "Surxon" ilk turda xatolari evaziga "Qizilqum"ga yutqazgan bo'lsa, uzoq yillik tanaffusdan so'ng Superligaga qaytgan "Xorazm" qaytishini tantana bilan boshladi. Shunday ekan, biri kayfiyatini ko'tarish, ikkinchisi esa tushirmaslik uchun kurash olib boradi.

O'zaro o'yinlar tarixi

Jamoalar Superliga doirasida 10 marotaba to'qnash kelgan. Ikkala tomon 3 tadan g'alabaga ega, 4 bellashuvda esa kuchlar teng kelgan. To'plar nisbati: 13-10, "Surxon" foydasiga. Shuningdek, raqiblar o'tgan yili O'zbekiston kubogi chorak finalida uchrashishgan. O'shanda surxondaryoliklar 3:1 hisobida ustun kelgan.

Imkoniyatlar

Yuqorida takidlaganimizdek, ikki xil holatdagi jamoalar to'qnashuvini ko'rish qiziq. Qolaversa, "Xorazm" kubokdagi mag'lubiyat alamini olishga urnib ko'radi. Biroq baribir kichik ustunlik mezbonlar tarafda.


"So'g'diyona" – "Navbahor"

Jamoalarning tayyorgarlik holati

"So'g'diyona" uchun mavsum startidagi taqvim biroz og'ir keldi. Dastlab amaldagi chempion, so'ngra bronza medali sohiblari ro'yxatdan joy oldi. "Navbahor" esa kutilmaganda ilk turdayoq jiddiy qarshilikka duch keldi va muxlislari ko'z o'ngida mag'lubiyatga uchrashiga bir bahya qoldi. Demak, bo'lajak bellashuvdagi g'alabaning qiymati nihoyatda yuqori hisoblanadi.

O'zaro o'yinlar tarixi

Jamoalar Superliga doirasida 58 marotaba to'qnash kelgan. 27 uchrashuvda "Navbahor", 23 o'yinda "So'g'diyona" g'olib bo'lgan. 8 bellashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati: 95-68, "Navbahor" foydasiga.

Imkoniyatlar

Mazkur qarama-qarshilikni markaziy sifatida ham etirof etish mumkin, sababi "So'g'diyona" o'tgan mavsum oxirgi turda bronza medalini "tortib olgani" va kubokdan chiqarib yuborgani uchun o'z muxlislari qarshisida "Navbahor"dan alamini olishga harakat qilsa, namanganliklar o'zaro qarama-qarshilikdagi alamli mag'lubiyat uchun kurashga shaylanadi. Qolaversa, omadsiz start ham jamoalarni yanada shijoatga undaydi. Garchand oxirgi to'qnashuvlarda durang qayd etilmagan bo'lsa-da, ikki jamoa imkoniyatini teng deyish mumkin.

OKMK – "Paxtakor"

Jamoalarning tayyorgarlik holati

OKMK mavsumni juda qiyin g'alaba bilan boshladi. "Buxoro"ga qarshi o'yinda iroda namoyish eta olgan bo'lsa-da, Qosimov shogirdlarida oxirgi paslar, hujumni yakunlash kabi jabhalarda kamchiliklar ko'zga tashlandi. Shunga qaramay, tajriba o'z so'zini aytdi. "Paxtakor"ning ilk o'yini jamoaning Osiyo Elit Chempionlar ligasidagi ishtiroki tufayli qoldirildi. Musobaqadagi yurishini to'xtatgan "sherlar" endilikda bor etiborini Superligaga qaratadi.

O'zaro o'yinlar tarixi

Jamoalar chempionat doirasida 34 marotaba ro'baro' kelishgan. 23 uchrashuvda "Paxtakor", 6 o'yinda OKMK ustun kelgan. To'plar nisbati: 60-25, "Paxtakor" foydasiga.

Imkoniyatlar

OKMK o'zaro so'nggi 3 to'qnashuvda "Paxtakor"ga yutqazmadi va o'tgan mavsumdagi ikki o'yinda ham g'alaba qozondi. Shu bois, olmaliqliklarda bo'lajak raqibga qarshi etarlicha tajriba mavjud. Biroq bu mavsum avvalgisidan sezilarli ravishda kuchaygan "Paxtakor"ning kuchini "Al Hilol"ga qarshi Toshkentdagi o'yinda guvoh bo'ldik. Qolaversa, Saudiya Arabistonidagi mag'lubiyat hamda o'zaro qarama-qarshiliklarda muvaffaqiyatsizlik poytaxt klubini ikki karra kuch bilan harakatlanishga majbur etadi. Turning yana bir markaziy bellashuvida "Paxtakor" kichik ustunlikka ega.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика