So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

Superkubok uchrashuviga OAV vakillarining kirish tartibi xususida Yangiliklar

Superkubok uchrashuviga OAV vakillarining kirish tartibi xususida

Xabaringiz bor, O'zbekiston Superkubogi-2019 o'yini 23 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Mamlakat chempioni “Lokomotiv” hamda O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi AGMK jamoalari o'rtasida kechadigan Superkubok o'yini poytaxtdagi “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi va 16:00 da start oladi. Qayd etish joiz, uchrashuv “Sport” telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etiladi.

Mazkur uchrashuvga tashrif buyurish niyatida bo'lgan OAV xodimlari 2018 yilgi mavsumdagi akkreditacion kartalari bilan stadionga tashrif buyurishlari mumkin. SHuningdek, o'tgan mavsumda PFLda akkreditaciyadan o'tmagan, biroq Superkubok bahsini bevosita stadiondan yoritishni istagan OAV vakillariga esa bir martalik akkreditacion kartalar taqdim etiladi. Buning uchun PFL elektron pochtasi (info@pfl.uz)ga 22 fevral 17:00ga qadar o'z ism-familiyangiz va faoliyat olib boradigan nashringiz nomini yozib yuborsangiz etarli.  

Bir martalik akkreditacion kartalar o'yinoldi matbuot anjumani paytida taqdim etiladi. 2018 yilda akkreditaciya olgan jurnalistlar esa “Paxtakor” stadioniga o'zlarida mavjud akkreditacion kartalar bilan kirishlari mumkin bo'ladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика