So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  0 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Superkubok oldidan matbuot anjumani muxlislar qarshisida - “Samarqand darvoza”da bo'lib o'tadi Yangiliklar

Superkubok oldidan matbuot anjumani muxlislar qarshisida - “Samarqand darvoza”da bo'lib o'tadi

Professional futbol ligasi O'zbekiston Superligasi uchrashuvini yuqori saviyada tashkil etish yo'lida “Samarqand darvoza” savdo-ko'ngilochar markazi bilan kelishuvga erishdi.

Unga ko'ra, Superkubok oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda futbolchilari ishtirokidagi matbuot anjumani Toshkent markazida joylashgan “Samarqand darvoza”da bo'lib o'tadi.
 
Rejaga ko'ra, Mirjalol Qosimov ham, Andrey Fyodorov ham matbuot anjumaniga jamoaning etakchi futbolchilari bilan tashrif buyuradi. Bunda anjuman odatdagi ko'rinishda emas, bayramona ruhda o'tishi asosiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonni istalgan futbol muxlisi kuzatib borish imkoniyatiga ega.
 
O'zbekiston Superkubogi g'olibiga topshiriladigan sovrin ham shu kuni “Samarqand darvoza”ga olib kelinadi. Istovchilar uning fonida futbolchilar hamda murabbiylar bilan suratga tushishlari mumkin. SHuningdek, 23 fevral kuni “Paxtakor” stadionida o'tkaziladigan Superkubok o'yini uchun Professional futbol ligasi tashrif buyuruvchilarga bepul chiptalar taqdim etadi.
 
AGMK va “Lokomotiv” klublari muxlislari o'z suyukli futbolchilaridan dastxat olish, ular bilan yuzma-yuz suhbatlashish imkoniyatga ega bo'lishlari mumkin. Professional futbol ligasi muxlislarning millionlar o'yiniga bo'lgan mehrini qaytarish, ishqibozlar orasiga yanada yaqinroq kirib borish yo'lida bu kabi tadbirlarni tez-tez amalga oshirishni rejalashtirgan. Yozga qadar O'zbekiston chempioni va kubogi sohiblari qabul qilib oladigan sifatli sovrin ham tayyor bo'ladi. Mazkur sovrinlar butun mamlakat bo'ylab aylanadi, ular birinchi navbatda muxlislar ko'z o'ngida namoyish etiladi.
 
Malumot uchun, “Samarqand darvoza” savdo-ko'ngilochar markazidagi tadbir 22 fevral — juma kuni bo'lib o'tadi. Uning aniq vaqti tez orada malum qilinadi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика