So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

Sulsher: "Liverpul"ga qarshi PSJ bilan bahsga qaraganda yaxshiroq o'ynashimizni xohlayman" Yangiliklar

Sulsher: "Liverpul"ga qarshi PSJ bilan bahsga qaraganda yaxshiroq o'ynashimizni xohlayman"

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Britaniyaning eng katta derbisi yakshanba, 24 fevral kuni bo'lib o'tadi.

"Bu ular uchun ham, biz uchun ham muhim o'yin. Biz top-4da bo'lishni xohlaymiz. Biz "Liverpul" bilan o'ynaymiz va bu qarama-qarshilik "Manchester Yunayted" uchun, muxlislar uchun, klub uchun qanchalik muhim ekanligini bilamiz. Jamoamiz uchun chaqiruv kutayapmiz.

Biz MYU tarixi uchun munosib bo'ladigan jamoa qurmoqchimiz. Agar ularni uyda mag'lub eta olsak, bu yangi qadam bo'lishi mumkin. "Tottenxem", "Arsenal" va "CHelsi"ni safarda engish ajoyib. Lekin, o'zimizni uyda ham ko'rsatishimiz kerak.

CHempionlik poygasi "Liverpul", "Siti" va "Tottenxem" o'rtasida? Men boshqa jamoalar va ularning ishi haqida o'ylamayman. Men o'z jamoam haqida, kurashda bo'lish uchun nima qilish kerakligi haqida o'ylayman.

Birinchi o'rin uchun kurash 3 jamoa o'rtasida kechmoqda, to'rtinchi pog'ona uchun ham shuncha klub bellashmoqda. Maqsadimiz - oldindagi o'yin. Men "Tottenxem" chempion bo'lishini xohlaymanmi? Bu haqda alohida o'ylab ko'rmayman. Balki!

Bizni qiyin bahs kutib turganini bilamiz. Ular bu mavsum g'aroyib o'ynashmoqda. Lekin, ular "Old Trafford"da to'p tepish qiyinligini bilishadi. O'ylashimcha, ular bizga, biz esa ularga hurmat ko'rsatamiz.

"Liverpul"ga qarshi PSJ bilan o'yinga qaraganda yaxshiroq o'ynashimizni xohlayman. Bu bizning maqsad. Bu top raqibga qarshi muhim o'yin. PSJ bilan o'yin tajribasidan to'g'ri xulosa chiqarishimiz va butun bellashuv davomida o'yinda qolishimiz kerak", - deya Sulsherning so'zlarini keltirdi MYU rasmiy sayti.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика