Suhrob Izzatov: "2-davra boshqacha bo'ladi"
30 iyu 2022 18:39
Yangiliklar
Suhrob Izzatov: "2-davra boshqacha bo'ladi"
"Bunyodkor" Superliganing 13-turida "Paxtakor"ni safarda engdi (3:2).
Uchrashuvdan keyin "qaldirg'ochlar" yarim himoyachisi Suhrob Izzatovning fikrlariga quloq tutdik.
"Derbi kutganimizdan ham qiyinroq o'tdi. Lekin bu — "Bunyodkor". Unda hamma narsaning iloji bor. Harakat qilsak, istalgan jamoani mag'lub qila olamiz. Oldingi o'yinlarda bizga ozgina shijoat, xarakter etishmagan edi. Bugun shuni ko'rsata oldik.
Rahbariyatimiz tanaffus mahali Belarusda yig'in qilishni reja qilgan. Tarkibimizga yangi futbolchilar qo'shilishi aytilmoqda. Xudo xohlasa, 2-davrada barchasi boshqacha bo'ladi", — deydi buxorolik futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar