Sport direktor Berta "Atletiko"dan ketdi. Italyan 2013 yildan beri klubda ishlayotgandi
06 jan 00:37
Yangiliklar
Sport direktor Berta "Atletiko"dan ketdi. Italyan 2013 yildan beri klubda ishlayotgandi
"Atletiko" sport direktori Andrea Berta klubni tark etdi.
Italiyalik menejer va Madrid klubi shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishishdi.
Berta "Atletiko"ga 2013 yilda "Jenoa"dan o'tgandi. U avvaliga xalqaro skauting bo'limiga qo'shilgan, so'ngra klub texnik direktoriga aylangandi.
U 2017 yilda sport direktori lavozimida Xose Luis Peres Kamineroning o'rnini egalladi.
"Atletiko" Andrea Berta davrida Ispaniya kubogi (2013), ikki bor La Liga tituli (2013-14 va 2020-21), Ispaniya Superkubogi (2014), UEFA Evropa ligasi (2017-18) va UEFA Superkubogi (2018)ni qo'lga kiritdi.
"Biz unga 11 yil davomida yordami, say-harakatlari, sodiqligi va fidoyiligi uchun minnatdorchilik bildiramiz va yangi professional bosqichda eng yaxshisini tilaymiz", – deyiladi klub xabarida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar