So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  0 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  6 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  5 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Slavche Voyneski: "O'zbek futbolini bunday tarzda rivojlantirib bo'lmaydi" Yangiliklar

Slavche Voyneski: "O'zbek futbolini bunday tarzda rivojlantirib bo'lmaydi"

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Slavche Voyneski qatnashdi.




"SHogirdlarimni tabriklayman, ular oxirigacha kurashishdi. Bor kuchlarini berishga intilishdi. Agar shunday qilib o'zbek futbolini rivojlantirmoqchi bo'lishsa hech qachon bunday bo'lmaydi. Raqib jamoa ikkala taymda ham maydonga yotib olaverdi, vaqt cho'zildi. Birinchi va oxirgi daqiqalarda darvozamizga penalti qo'yildi. Hakamlarni muhokama qilish mening ishim emas, lekin... Penalti qo'yish mumkindir, ammo bunday tarzda emas. Futbol sport turi deb oladigan bo'lsak, bugun ko'rgan narsa bu futbol emas. Bunday futbolni ko'rishni hech qachon xohlamagan bo'lardim.

SHunga qaramay jamoamiz harakat qildi, to'p uzatishlar, hujum qilishga intildik. Umuman olganda o'yin haqida fikrim shunday", - dedi Slavche Voyneski.

- "Paxtakor" Osiyo chempionlar ligasidan qaytganidan keyin g'alaba qozona olmayapti. Buning asosiy sababi nima?

- Nima uchun yuta olmayotganimizning sababi? Bugungi o'yinni ko'rgan bo'lsangiz javobni olasiz.

- Uchrashuv 16:45da boshlangani sizlarga qanchalik qiyinchilik tug'dirdi?

- Bugun yaxshiyam havo biroz iliq bo'ldi. Agar 35 va undan yuqori darajali issiqlik bo'lganida nima bo'lardi? Bu faqat "Paxtakor" uchun emas, maydondagi 22 futbolchiga nisbatan juda noto'g'ri qaror bo'lgan bo'lardi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика