Slavche Voyneski: "2-turda vaziyatni o'nglab, zafar quchishga intilamiz"
09 apr 2022 19:07
Yangiliklar
Slavche Voyneski: "2-turda vaziyatni o'nglab, zafar quchishga intilamiz"
Unda "sherlar" ustozi Slavche Voyneski quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Al Taavun" – mezbon jamoa. Ular yangi murabbiy bilan boshqacha o'ynashni boshlashdi. Raqib hurmatga sazovor jamoa. Ular muxlislari qarshisida yaxshi o'ynab, g'alaba qozonishdi. Biz ikkinchi bahsda vaziyatni o'nglab, zafar quchishga intilamiz.

"Sepaxon"ning standartlarda yaxshi o'ynashini bilardik. Futbolda bazan shunday bo'ladi. Kichik xato yoki holat o'yinni o'zgartirib yuboradi. Kamchiliklarni ko'rib chiqib, to'g'rilashga harakat qilamiz. Hamisha jamoa o'yinini tahlil qilamiz, bunga etibor qaratamiz. O'tgan o'yinning o'zida yomon o'ynamadik, ammo xatolarga o'zimiz yo'l qo'ydik.
Tarkibimizda yo'qotishlar mavjud emas. Barcha ertangi bellashuvda ishtirok etishga tayyor", – dedi Slavche Voyneski.
2-tur doirasidagi "Al Taavun" – "Paxtakor" bellashuvi 10 apreldan 11 aprelga o'tar kechasi 01:15 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar