Skoulz "Manchester Yunayted" yarim himoyachilarini tanqid qildi
08 avg 2022 14:05
Yangiliklar
Skoulz "Manchester Yunayted" yarim himoyachilarini tanqid qildi
Ekspert mankunianlarning o'yinidan norozi.
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Pol Skoulz "Manchester Yunayted" yarim himoyachilarini tanqid ostiga oldi.
"Yarim himoyachilarning sifati jamoaning so'nggi yillardagi darajasiga umuman yaqin emas. Fred va Maktominey bilan juda qiyin bo'ladi. Ehtimol, ten Xag ulardan birini tanlashi kerak. Ammo tarkibda ulardan birining mavjudligi juda sezilib turadi. "Brayton"ga qarshi o'yinda Fred har gal to'pni tepib yubordi va Maktominey esa u bilan birga yugurib yurdi. Nima uchun? SHunchaki eng yaxshi futbolchilarga pas bering. Axir, bu qiyin emas-ku!", – dedi angliyalik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar