“Siti”ga qarshi 2 qator “avtobus” bilan o'ynagan Simeone bahsdan keyin nimalar dedi?
06 apr 2022 09:25
Yangiliklar
“Siti”ga qarshi 2 qator “avtobus” bilan o'ynagan Simeone bahsdan keyin nimalar dedi?
CHempionlar Ligasi 1/4 finalida “Man Siti”ga uchralgan minimal (0:1) mag'lubiyatdan keyin “Atletiko” ustozi Diego Simeone o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
Bugungi bahs haqida
“Qoyilmaqom individual harakatlar tufayli juda yaxshi shakllangan va muvaffaqiyatga erishadigan ajoyib jamoaga qarshi juda qiyin o'yin boldi.
O'yinni yopib, qarshi hujumga o'tmoqchi bo'ldik. 1-taymda “Siti” darvozaga aniq zarba bermagan bo'lsa-da, bundan chiqib ketolmadik. 2-bo'limda esa ular golni topishdi”.
Javob uchrashuvi haqida
“Doimo yaxshirog'ini o'ylab topish lozim. Bu ikki qismdan iborat murosasiz qarama-qarshilik. “Siti”ga esa farqi yo'q, ular odatdagidek o'ynashadi. Ular dunyoning eng yaxshi jamoasidir, balki.
Biroq, biz kamtarlik bilan qo'ldan kelgancha kurashamiz”, deydi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Madriddagi uchrashuv 13 aprelga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar