Simeone - transferlar haqida: "Talab qilishga emas, ishlashga o'rganganman"
22 avg 2022 11:53
Yangiliklar
Simeone - transferlar haqida: "Talab qilishga emas, ishlashga o'rganganman"
Madridning "Atletiko" klubi ustozi Diego Simeone yozgi transfer oynasida jamoani ehtimoliy kuchaytirish haqida gapirdi.
"Talab qilishga emas, ishlashga o'rganganman. Bizda yaxshi o'yinchilar jam bo'lgan. Kimdir bizdan ketsa, uning o'rnini munosib kimdir egallashiga umid qilaman va biz bundan jabr ko'rmaymiz. Biz yaxshiroq o'ynashga qodirmiz", — deydi argentinalik mutaxassis.
"Atletiko" La Liga 2-turida o'z maydonida "Vilyarreal"dan 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Simeone jamoasi keyingi o'yinni mehmonda "Valensiya"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar