So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

SHuhrat Maqsudov: "Neftchi"ga qarshi bahsga "Buxoro" bilan o'yin yakunidayoq tayyorgarlik ko'rishga kirishgandik" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Neftchi"ga qarshi bahsga "Buxoro" bilan o'yin yakunidayoq tayyorgarlik ko'rishga kirishgandik"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Bunyodkor" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




- O'yin haqida

Har doim vodiyga yaxshi kayfiyat bilan kelaman. Nega deganda, 11 yil umrimni Farg'onada o'tkazganman. Avvalambor, Farg'ona ahlini kirib kelayotgan Ramazon Hayit ayyomi bilan tabriklayman. SHuningdek, fursatdan foydalanib, Qarshining "Nasaf" klubini ham OCHLda kuchli jamoa ustidan qozonilgan g'alaba bilan qutlayman.

Qiyin uchrashuv o'tkazdik. "Neftchi" ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng bu o'yinda bor kuchini namoyish etishini bilardik. "Buxoro" bilan o'yindan so'ng futbolchilarimizga bu haqda qayta-qayta takidladim. "CHo'kayotgan odam ko'pikka ham yopishadi" deb aytilgani bejiz emas. Taqvimga ko'ra, bizning kubok va chempionat doirasidagi o'yinlar oralig'i qisqa bo'lib qoldi. Bu narsa yaxshilikka bo'lgan ekan, biz ikki uchrashuvda ham g'alabaga erishdik. 

Fursatdan foydalanib, jamoamiz muxlislariga, futbolchilarga judayam katta minnatdorchilik bildiraman. Gol o'tkazib yuborgandan so'ng yigitlar o'yinni tashlab yuborishmadi. Bu haqda o'yin avvalida ham aytib o'tgandik, oxirigacha o'ynash kerakligini tushuntirgandik. Menga bu jihat yoqdi. SHunchalik uzoq yo'l bosib kelib, bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga yana bir bor rahmat aytaman.

- Birinchi bo'limdan keyin tanaffusda jamoangiz futbolchilarini qanday ruhlantirdingiz?

- Bilasizmi, bu haqda takror aytaman, "Buxoro" bilan o'yindan so'ng yigitlarni ruhlantirishni boshlagandik. O'sha o'yin yakunidayoq "Neftchi" bilan uchrashuvga tayyorgarlikni boshlagandik. O'yin shu kabi ruhda o'tishini bilardik. Birinchi bo'limda qarshi hujum uslubini, ikkinchi bo'limda hujumkor o'yin uslubini tanlagandik. 

Birinchi taymda gol o'tkazib yubordik. "Neftchi" chiroyli gol urdi. Biz o'z o'yin uslubimizdan chekinmay o'ynaganimiz evaziga g'alabaga erishdik. Yigitlar oxirgi daqiqalarga qadar ishonch bilan harakat qilishdi. 

- "Neftchi" darvozasiga 2 gol uzoq masofadan kiritildi. Bu darvozabonning alohida o'rganib chiqilganidan dalolat beradimi?

- Bu gollar tasodif emas. Biz birinchi bo'limda deyarli uzoq masofadan zarba yo'llamadik. SHu sabab ikkinchi bo'lim avvalida yigitlarga shunday ko'rsatma berdik. Xudoga shukrki, hammasi biz istagandek bo'ldi, g'alabaga erishdik.

- Fransis Narx almashtirilishiga sabab nima?

- U ozgina charchab qoldi. Uning o'rniga yosh futbolchimizni tushirdik. O'yinlar orasidagi tig'iz vaqt tufayli natijadan kelib chiqib ayrim futbolchilarimizga dam olishlari uchun imkoniyat yaratib berdik.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика