So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

SHota Arveladzeni tabriklaymiz! Yangiliklar

SHota Arveladzeni tabriklaymiz!

Bugun "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze 46 yoshni qarshi olmoqda.

Jamoamiz bosh murabbiyi futbolchilik faoliyatida juda mashhur bo'lganini takidlay olamiz. U «Martve» (Gruziya), «Dinamo» (Tbilisi, Gruziya), «Trabzonspor» (Turkiya), «Ayaks» (Gollandiya), «Reynjers» (SHotlandiya), «AZ» (Gollandiya) va «Levante» (Ispaniya) klublarida o'ynagan.

SHota Yustinovich Gruziya terma jamoasi tarixida eng yaxshi to'purar sanaladi - 26 gol muallifiga aylangan. 11-raqamli libos Gruziya FF qarori bilan umrbod unga berilgan.

Faoliyatida 610 uchrashuvda maydonga tushgan SHota Arveladze 383 to'p kiritgan.

SHota Arveladze 2017 yilning iyun oyida "Paxtakor" bosh murabbiyiga aylangan. Murabbiylik faoliyatini 2008 yil AZ klubida Lui Van Galning yordamchisi sifatida boshlagan. Keyin Turkiyada "Qayserispor" va "Qosimposho" jamoalarini boshqargan. Isroilda «Makkabi» Tel-Aviv klubida ishlagan.

SHota Arveladzening sovrinlari:
- "Ayaks" tarkibida Gollandiya chempioni (1997/98) va Gollandiya Kubogi sohibi (1997/98 va 1998/99);
- "Reynjers" tarkibida SHotlandiya chempioni (2002/03 va 2004/05) va SHotlandiya Kubogi sohibi (2001/02 va 2002/03).
- Gruziyaning eng yaxshi futbolchisi (1994, 1998 va 2007)
- Turkiya chempionati to'purari (1995/96).

SHuningdek, bugun SHotaning egizagi Archil Arveladzening ham tug'ilgan kuni. U «Dinamo» (Tbilisi, Gruziya), «Trabzonspor» (Turkiya), «NAK Breda» (Gollandiya), «Kyoln» (Germaniya), «Lokomotiv» (Tbilisi) klublarida o'ynagan. Gruziya terma jamoasi safida 8 yil mobaynida maydonga tushgan.

"Paxtakor" futbol klubi SHota va Archil Arveladzeni tug'ilgan kuni bilan tabriklaydi. Ularga uzoq umr, salomatlik, hayoti va faoliyatida yangi zafarlar tilab qoladi!

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика