So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  10 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

SHota Arveladze: "Paxtakor" mening emas, butun o'zbek xalqining jamoasi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Paxtakor" mening emas, butun o'zbek xalqining jamoasi"

OCHL 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ahli" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi SHota Arveladze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Paxtakor" mening jamoam emas, butun o'zbek xalqining jamoasi. Biz hozir amalga oshirish kerak bo'lgan ishlarni qilyapmiz. Bundan ham ko'prog'ini uddalashni istaymiz. Guruhimiz qiyin, barcha jamoalar kuchli. Ko'pchilik aytganidek "o'lim" guruhi. Muxlislar, futbolchilar ishonchga ega. O'yindan avval o'yinchilarda ishonchni ko'rdim. Buni maydonga ko'chirish kerak edi. G'alaba uchun o'ynadik va buni uddalay oldik. Bizda vaziyatlar ko'proq bo'ldi. Bu oddiygina ikkinchi o'yin. Havolanib ketmasligimiz kerak. Mavsumni CHempionlar Ligasida to'rt uchrashuv bilan boshladik. Biz yaxshi holatga kirib boryapmiz. Bu esa Superligadan oldin bizga yordam beradi", - deydi SHota Arveladze.

"Bugun haqiqatdan ham kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. G'alaba qozonib, biz ham kuchli ekanimizni ko'rsatdik. Bizni oldinga chorlab turgan ishqibozlarga rahmat aytaman. Ular ko'proq bo'lsa, yanada yaxshi va kuchliroq o'ynaymiz", - deydi Marat Bikmaev.



- O'tgan yil "Paxtakor" yaxshi o'ynagan, biroq natija yo'q edi. Hozir esa natija bor. Bunga qanday erishildi?

- Biz o'tgan yili ham yaxshi o'ynagandik, klub sifatida o'sgandik. SHunchaki O'zbekistonda "Lokomotiv"dek yaxshi jamoa bor. Undan tashqari "Navbahor", "Bunyodkor" va boshqa jamoalar bor. Ular har bir turda bizga xalal berishga urinishadi. Bu yil omad ham biz bilan bo'lmoqda. O'tgan yili Qatarda penaltidan gol o'tkazgandik, bu yil esa Dubayda raqiblar penaltidan ura olishmadi. Ishonch o'zgardi. Agar barchamiz, muxlislar bilan birga ishonsak g'alabalarga erishamiz. Yigitlar juda ham harakat qilishmoqda. Ular yaqindagina terma jamoada Yaponiyaga qarshi teng o'ynashdi, jahon chempionatida o'ynagan futbolchilardan iborat klubga qarshi Eronda teng o'ynadik. Bu jamoalar o'tgan yil yozida Rossiyada Jahon chempionatida o'ynashgandi. Biz ham shunday qila olamiz. Oldinga harakatlanish lozim. Omad esa doim kerak. Nimadir o'zgardi deb o'ylamayman. Tarkib biroz o'zgardi.

- Bilasizmi nima xavotirga solmoqda? Juda kam imkoniyatga ega bo'ldik, himoya esa yaxshi o'ynadi. Balki keyingi safar bu omad etishmasligi mumkin...

- Kelasi o'yinda boshqacha o'ynarmiz. Futbolda hamisha kelasi safar eng muhimi. Vaziyatlardan foydalana olmadik, ammo kelgusi gal hammasi boshqacha bo'lishi mumkin.

- "Persepolis" va "Al Ahli" bilan o'ynadingiz. Qaysi klub kuchliroq?

- Birinchi uchrashuvda faolroq o'ynagandik, eronliklar keskinroq harakat qilishgandi. Ularning uslubi boshqacharoq. Muxlislardan ham bilsa bo'ladi. Eronda yuz minggacha muxlis keladi. BAA yoki boshqa bazi arab davlatlarida esa 5-6 ming muxlis keladi. U erda futbol xuddi teatrga o'xshaydi.



- Hujumda bir o'zingiz o'ynayapsiz...
Marat Bikmae
v: - Hujumda birgina men o'ynamayapman. CHeran bilan o'rin almashtirib, o'rnimizni to'ldirib o'ynamoqdamiz. Bazan u mening o'rnimga o'tib harakat qilmoqda.

- Nega kech o'zgarish qilayapsiz?
- Siz shu kungacha necha marta o'zgarish qilgansiz? Umuman o'zgarish qilmagansiz va menga kech o'zgarish qilayapsiz deyapsiz. Yigitlar yaxshi o'ynashdi. To'pni nazorat qildik, vaziyatlar yaratdik. Zaxirani kech qilmadim, biz yaxshi harakatlandik, almashtirish o'yinni buzib qo'yish mumkin edi. Bazida maydondagi o'yinchilarga xalal bermaslik ham kerak. Men barchasini to'g'ri qilayapman demayapman, shunchaki barchasi bog'liq bo'ladi.



Reyting: +79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика