So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

SHota Arveladze: "OCHL guruh bosqichida yaxshi ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz" Yangiliklar

SHota Arveladze: "OCHL guruh bosqichida yaxshi ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz"

"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze OCHL pley-off doirasidagi "Al Nasr"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng matbuot anjumanida quyida fikrlarni bildirdi.

"O'yinda g'alaba qozonib, guruh bosqichiga chiqishimiz kerakligini aytgandim. O'yinchilarim bilan faxrlanaman, ular yaxshi jihatlarini ko'rsatishdi. Oxirgi haftalarda qattiq mehnat qildik, barchaga rahmat aytaman. Klubimiz prezidenti Bobur SHodievga alohida minnatdorchilik bildiraman. U biz uchun barcha sharoitlarni muhayyo etmoqda.

Biz ko'proq imkoniyatlar yaratdik. Mezbonlar standart vaziyatlardan keyin keskin holatlar yaratishga urinishdi, bizda esa yaqqol vaziyatlar anchagina bo'ldi.

O'zbek jamoalari ushbu turnirda yaxshi ishtirok etishgan. O'zbekistonda futbolni juda yoqtirishadi. Biz imkon boricha uzoqroq borishga harakat qilamiz. Guruhimizni, undagi jamoalarni bilamiz. Juda kuchli guruh. Biz bor imkonimizni ishga solishda davom etamiz.

OCHL guruh bosqichiga yo'l olganimizdan juda xursandmiz. "Paxtakor" boshqaruvida bunga qadar ham juda ko'plab g'alabalardan xursand bo'lganman. Nafaqat natija etibori bilan, balki o'yin sifatida, ajoyib kollektiv sifatida birlashganimiz ko'p xursand qilgan. Malum tanaffusdan so'ng jamoa yana OCHL guruh bosqichida ishtirok etishi nihoyatda muhim edi", - deya batafsil fikrlari bilan o'rtoqlashdi SHota Arveladze.

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика