So’nggi yangiliklar

12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  1 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  6 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  2 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  7 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  9 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0

SHota Arveladze: "G'alaba qozonishni xohlasangiz, raqibdan ko'proq gol urishingiz kerak" Yangiliklar

SHota Arveladze: "G'alaba qozonishni xohlasangiz, raqibdan ko'proq gol urishingiz kerak"

OCHL-2020 5-turi doirasida "Paxtakor" jamoasi "SHabab Al Ahli" bilan durang o'ynadi.

Shabab Al-Ahli Dubai FC

AFC Champions League Grp. B . 5-tur

21/09/2020, 00:00

0
:
0
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

45'
90'
46'  Walid Abbas
49'  Abdelaziz Hussain
53'  Eid Khamis Eid (Ahmed Al Hashmi)
62'  Abdalla Al Naqbi (Azizjon Ganiev)
62'  Harib Abdalla Suhail (Mohammed Juma Eid)
76'  Ahmed Al Hashmi (Pedro Conde)
78'  Carlos Eduardo
7'  Sardor Sabirkhodjaev
65'  Dostonbek Khamdamov (Javokhir Sidikov)
72'  Sardor Sabirkhodjaev (Abrorbek Ismoilov)
72'  Igor Sergeev (Eren Derdiyok)
85'  Abrorbek Ismoilov

O'yindan keyingi matbuot anjumanida "sherlar" bosh murabbiyi SHota Arveladzega uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Dragan CHeran hamrohlik qildi.

SH.Arveladze: "O'ylashimcha, bugun juda yaxshi o'ynadik. Umumiy qaraydigan bo'lsak gol urmadik, lekin qisman oladigan bo'lsak ajoyib o'yin o'tkazdik. Afsuski, o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Oxirgi 20 daqiqada gol urishimiz mumkin edi, bu futbol, bu CHempionlar ligasi, bu erda gol urish shart. Ortda qolgan 3 o'yinda 8ta yaqqol golli vaziyat yaratdik, buni davom ettirishimiz va gol urishimiz kerak.


- "Al Hilol"ga qarshi birinchi o'yin va bugun jamoa to'pni va o'yinni nazorat qildi, vaziyatlar yaratdi, ammo gol urishda juda oqsamoqda. Imkoniyatlarni ko'kka sovurilishi qachondir qimmatga tushishi mumkin...

- Agar siz gol urmasangiz, unda g'alaba qozonolmaysiz. Bu haqda oldin ham aytganman. Agar bahsni yutishni istasangiz raqibdan ko'ra ko'proq gol urishingiz kerak. Agar g'alaba qozonmasangiz, unda guruhdan chiqolmay qolib ketishingiz mumkin.

- Bugun o'yinni to'liq nazorat qildik. Lekin, shunday o'y paydo bo'lyapti-ki, o'yinchilar to'pni darvozaga olib kirib qo'yishmoqchi. Imkon bo'lishi bilan zarba berib gol urishmoqchi emasdek. Bu futbolchilar oldingi ikki bellashuvda ko'p kuch yo'qotganliklari bilan bog'liqmi yoki boshqa sababmi?

- Albatta, dastlabki ikki o'yin charchoqqa tasir ko'rsatadi, ruxiy muammolar. Bizda gol urish uchun imkoniyatlar etarli bo'ldi. Bu futbol, bu erda sening zarbalaringni bloklashi yoki qaytarishi mumkin bo'lgan darvozabon va himoyachilar bor. Hamisha senga halal beradigan kimdir topiladi.

Umumiy olganda sal oldinroq aytganimdek, biz nafaqat to'pni nazorat qildik, balki yaxshi o'ynadik ham. Yaqin masofadan zarbalar berish imkoni ham bo'ldi, bu noaniq zarbalardan ko'ra yaxshiroq. Jarima maydoniga havolatib yaxshi to'p uzatishlar ham bo'ldi, lekin darvozabon 4-5 marta yaxshi o'ynadi. SHuningdek, bunday qisqa vaqtda o'tadigan bahslarda muhim rol o'ynaydigan jismoniy holatni ham qayd etib o'tish mumkin. Muammolarni bilamiz va ularni to'g'rilash ustida ishlaymiz.

- O'yindan keyin Eren Derdiyokni to'xtatib malum vaqt u bilan gaplashdingiz. Unga gol urolmaganidan noroziligingizni bildirdingizmi?

- Yo'q, undan norozilimni bildirmadim. SHunchaki, u bilan yoqimsiz bir vaziyat haqida gaplashdik. Bir holatda chap qanotdan erlatib pas uzatildi (F.Sayfiev erlatib jarima maydoniga to'pni uzatgan vaziyat) va o'sha to'pga tashlanmadi. Men Erenga shunday dedim: "Kimdir to'pga intilishi kerak, kimdir yugurishi va to'pga teginib qo'yishi va gol urishi kerak". Har bir pas va zarba gol bo'laversa, bu hammaga ham yoqavermaydi. Faqat, "Bavariya"ga yoqishi mumkin.

Dragan CHeranning matbuot anjumanidagi fikrlarini biroz keyinroq o'qiysiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика