"SHo'rtan" murabbiyi "Dinamo"da ish boshladi
07 jan 2022 10:36
Yangiliklar
"SHo'rtan" murabbiyi "Dinamo"da ish boshladi
Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, darvozabonlar murabbiyligini tanlagan Naumov dastlab “Nasaf” jamoasida so'ngra “SHo'rtan”da ishladi. Endilikda u Samarqand klubida ishlaydigan bo'ldi. Bundan xabar topib, Mixailga murojaat qildik.
- Ha, chindan ham yaqinda “Dinamo”da ish boshladim. Klub bosh direktori Uchqun Qobilov menga taklif bilan chiqdi. Uni rad eta olmadim. CHunki Superligada ishlashni zavqi boshqacha baribir.
- Murabbiylar shtabida serbiyalik mutaxassislar bilan birga ishlayapmiz. Bosh murabbiy Predrag Roganga uning hamyurti katta murabbiy Ivan Evich yordam bermoqda.
- Hozircha qo'l ostimda ikki nafar darvozabon bor. Farhod Rahmatov bilan Aslan Ahrorov. Har ikkisi ham o'tgan mavsum “Dinamo” sharafini himoya qilgandi. Yaqinda serbiyalik posbon kelib qo'shiladi. Tayyorgarlik jarayonida ular bilan jiddiy ishlaymiz va kuzatamiz", - dedi Naumov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar