So’nggi yangiliklar

02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  0 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  215 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  33 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  14 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3

"SHo'rtan": "Kelajak - yoshlar qo'lida" Yangiliklar

"SHo'rtan": "Kelajak - yoshlar qo'lida"

Teglar :  SHo'rtan
“SHo'rtan" futbol klubi o'z tarixida ilk marotoba yangicha tizimda ishlash bo'yicha qaror qabul qildi.

Tizimga asosan, “SHo'rtan” futbol klubi akademiyasiga yosh toifasi bo'yicha iqtidorli futbolchilarni hamda yosh istedodlarni qidirib topish va ularni akademiyaga jalb qilish ishlari boshlanganini elon qilgandi. 

SHu bois, “SHo'rtan” rahbariyati tomonidan klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari va ularning ota-onalari o'rtasida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda klub rahbarlari hamda murabbiylar shtabi vakillari ishtirok etishdi. Mazkur yig'ilishdan maqsad, “SHo'rtan” kelajagi hisoblanadigan yosh futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ota-onalarga namoyish qilish edi.

“Oq bo'rilar” akademiyasi tarbilanuvchilari O'FA tomonidan tashkil etiladigan musobaqalarda ishtirok etishi natijasida o'z mahoratlarini oshirib borishlari va professional futbolga tayyorlab borishlari aytib o'tildi.

Yana bir jihati shundaki, "SHo'rtan" futbol akademiyasini tamomlagan bitiruvchilarga guvoxnoma beriladi.

Qolaversa, akademiya tarbilanuvchilari muntazam ravishda yotoqxona, sport liboslari, issiq ovqat va futbolchi uchun kerakli bo'lgan barcha ehtiyojlar bilan taminlanadi.

SHundan so'ng, yig'ilishga tashrif buyurgan tarbiyalanuvchilarning ota-onalari uchun akademiyada o'ziga xos "ekskursiya" tashkil etildi va ularga yotoqxona, oshxona, mashg'ulot maydonlari tanishtirildi.

“SHo'rtan” futbol klubining maqsadi nafaqat O'zbekiston futboli uchun, balki, kelajakda Osiyo va Evropa maydonlari uchun tajribali futbolchilarni etkazib berish va O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarini muntazam ravishda futbolchilar bilan taminlab turish ekanligini bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика