So’nggi yangiliklar

08:03“Олтин тўп”га даъвогарлар рейтингини эълон қилинди. Рўйхатда Дембеле йўқ  0 07:36Ямал қимматбаҳо харидни амалга оширади  2 01:45Дунёнинг энг қиммат ярим ҳимоячилари эълон қилинди: Беллингем ва Педри нечанчи ўринда?  3 01:19"Реал" сардори яна жароҳат олди  1 00:47"Реал" Винисиусни "Эл Классико"даги реакцияси учун жазолайдими?  3 00:13Суд "Барселона"дан Негрейра билан тузилган шартномаларнинг оригинал нусхаларини талаб қилди, аммо улар ҳозирча топилмади  8 23:45Суперлига. "Сурхон" – "Андижон" 4:0  1 23:29Винисиус Алонсонинг "иши"дан сўнг "Реал"ни тарк этмоқчи  10 22:50"Ювентус" янги бош мураббий борасида музокараларни бошлади  5 22:19Февзи Давлетов: "Мағлубиятли сериямиз қачондир тугаши керак эди"  3 21:58Акмал Шораҳмедов: "Бизда ротация қийин бўляпти. "Андижон"да 10-12 нафар кучли футболчи бор"  27 21:39"Реал"дагилар Лунин нега майдондан четлатилганини тушунишмаяпти  4 20:49АПЛда бунақаси сўнгги 10 йилда биринчи марта содир бўлди  6 20:23Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди  93 19:49Инфантино ASEAN Кубогини тақдим этди  1

"SHomurodovga oz qolyati, ammo bu uning muammosi emas" Yangiliklar

"SHomurodovga oz qolyati, ammo bu uning muammosi emas"

Nodirxo'ja Yuldashev "Roma" hujumchisi Eldor SHomurodovning kelajagi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

SHomurodovga oz qolyati, ammo bu uning muammosi emas. Eldor SHomurdovni "Roma" bilan juda uzoq yillarga mo'ljallangan shartnomasi bor va uni juda kuchli "yurist"lar tuzgan. Bugun Rim va Eldor o'rtasidagi muammodan Eldor yutqazadigan vaziyat bitta, u ham bo'lsa o'yin amaliyoti. Qolgan vaziyatlar uning foydasiga o'ynaydi. SHomurodovning bu holati shubhasiz terma jamoamizga ham pand berishi mumkin, bu yilku bilinmas, ammo 2023 yilda Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi. Qo'l bilan sanoqli saviyada o'yinchi qolgan MTJ uchun, o'yin amaliyoti yo'q SHomurodov tabiiyki katta yordam bera olmasligi mumkin. SHunga biz SHomurodovni "Roma"dan ketishini istaymiz, Angliyadan taklif bo'layotganligini bildik, biroq bu chempionat uning uchun yangi va qanchalik moslashib olishini bilmaymiz. Italiyani esa allaqachon o'zlashtirib oldi. Bu borada "Bolonya" eng maqbul variant. O'tgan mavsumda 13-o'rinni qo'lga kiritdi. O'rtamiyona, ammo SHomurodov uchun ayni muddao. Raqobat "Roma"chalik emas. Jamoaning asosiy hujumchisi Marko Arnautovich. Avvalgi mavsumda "Bolonya" uchun 14ta gol urgan. 

Lekin bitta kichik muammo bor, Eldor bolonyaliklar bilan mavsumga tayyorgarlik ko'rmadi. Klubini o'zgartirgan holda asosiy tarkibga kirib olish uchun vaqt kerak bo'ladi. "Roma"da qolishni istasa, "Roma" hech nima qila olmaydi. Ammo ketish kerak, 2021/22 yilgi mavsumda unga Mour deyarli imkoniyat bermadi. Bor yo'g'i 778 daqiqa. Agar buni, u o'ynagan 28ta o'yinga bo'lsak, o'rtacha maydondagi vaqt 28 daqiqaga etar, etmas. Bu juda kam. Maydonda kam o'ynagani sari, yurakka yaqin olib siqilishlar ko'p bo'ladi. 

Osiyo Kubogi biz uchun JCH-2026 saralash o'yinlarining qurasida yaxshiroq holatda bo'lishi uchun juda kerak. SHomurodov hozir 26ga kirdi. 24-30 yosh hujumchilar uchun gullagan davri bo'ladi, o'sha davrni zaxirada o'tkazib yuborish, O'zbekiston miqyosidagi TOP hujumchi uchun "uvol" bo'lardi. U hali arab davlatlariga ketishga ulguradi, Turkiyaga ham. Bugun Turkiyaga borib qo'yib, ertaga istasa ham kuchli beshlikka qayta olmasligi mumkin, bu tavakkalchilik. Pulga ruju qo'ymaganligini inobatga olsak, Eldorni "Bolonya"da Italiya ikkinchi marotaba kashf qilishiga ishonamiz, buning uchun avval u o'zi "Bolonya" foydasiga qaror chiqarishi kerak, "Roma" esa u jamoaga biroz yon berib, so'rayotgan pullarini kamaytirishi kerak bo'ladi.

Nima bo'lgan taqdirda ham, 31 avgustga qadar masala hal bo'lishini istab qolardik!


NODIRXO'JA YULDASHEV

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика