SHomurodov: "Biz uchun og'ir kecha bo'ldi"
09 sen 2022 13:11
Yangiliklar
SHomurodov: "Biz uchun og'ir kecha bo'ldi"
Hujumchi Eldor SHomurodov zaxiradan o'yinga qo'shilib, hisobni tenglashtiruvchi golni urdi. Bolgariyadagi og'ir kechadan so'ng klub matbuot xizmati hamyurtimizdan intervyu oldi.
"Bu biz uchun og'ir kecha bo'ldi. Ayniqsa, maydon holati yaxshi emasligini aytib o'tishim lozim. Biroq bu o'zini oqlash bo'lib qolmasligi kerak.
Biz bunday o'yinlarda hamisha g'olib chiqishimiz joiz. Hammasini to'g'rilash uchun vaqt etarli.
Bugungi o'yin nihoyasiga etdi. Biz "Empoli"ga qarshi bo'lajak bahs haqida o'ylashimiz kerak, chunki vaqt oz qoldi. Biz 3 kundan so'ng yana o'yin o'tkazamiz", – dedi forvard.
Eslatib o'tamiz, "Empoli" – "Roma" uchrashuvi 12 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
⚡️ SHomurodov Evropa Ligasi final raundida gol urgan nechanchi o'zbekistonlik?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar