So’nggi yangiliklar

12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  0 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  2 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  2 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  3 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  6 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  6 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  6 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  1 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0

SHohrux Gadoev - aprel oyining eng yaxshi futbolchisi Yangiliklar

SHohrux Gadoev - aprel oyining eng yaxshi futbolchisi

O'zbekiston Professional Futbol Ligasi va “Championat.asia” hamkorlikda tashkil etgan oy laureatlarining navbatdagi g'oliblari aniqlandi.

Murabbiylardan farqli ravishda futbolchilar ichida kurash qizg'in kechdi. 57 ochko to'plagan SHohrux Gadoev “Nasaf” uchun kerakli o'yinchi ekanligini isbotlay olgan holda yuqori o'rinni qo'lga kiritdi. Mavsum kashfiyoti bo'layotgan Ikrom Aliboev haqli ravishda oyning eng yaxshi futbolchilari qatoridan joy oldi.

Futbolchilarning aprel oyidagi ko'rsatkichlari:

SHohrux GADOEV - Yarim himoyachi (“Nasaf”)

Gadoev aprel oyida uchta o'yinda maydonga tushdi va to'liq 90 daqiqadan to'p tepdi. "Qo'qon-1912" jamoasiga bir, "Qizilqum"ga esa ikki marta gol urishning uddasidan chiqdi.

Igor SERGEEV - Hujumchi (“Paxtakor”)

Aprel oyida hujumchi uchta o'yinda maydonga tushdi. "Buxoro"ga qarshi o'yinda Sergeev o'z faoliyatidagi birinchi xet-trikini nishonladi. "Paxtakor" - "SHo'rtan" bahsida esa golli pas muallifi bo'ldi.

Zohir QO'ZIBOEV - Hujumchi (“Mashal”)

Hujumchi uchta o'yinda maydonga tushdi. "Olmaliq" darvozasiga bir marta, "Qo'qon-1912"ga esa ikki marta gol urdi.

Nikita PAVLENKO - Yarim himoyachi (“Olmaliq”)

Oliy liga doirasidan o'rin olgan 3ta o'yinda Nikita jami 4ta gol pas berdi. "Qo'qon-1912" jamoasiga bitta, safarda "Buxoro"ga 3ta.

Ikrom ALIBOEV - Yarim himoyachi (“Lokomotiv”)

1994 yilda tavallud topgan Aliboev "Lokomotiv"ning aprel oyidagi eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. "Bunyodkor" bilan o'yinda golli pas muallifi bo'lgan futbolchi "Paxtakor" darvozasiga gol urib jamoasining g'alabasiga munosib ulush qo'shdi.

O'zPFL va “CA” sovrini g'olibi bo'lgan futbolchining aprel oyidagi natijalari:

O'rin

Futbolchilar

Klub

I

II

III

IV

V

Jami

1

SH. Gadoev

“Nasaf”

6

4

3

1

-

57

2

I. Aliboev

“Lokomotiv”

5

5

1

2

1

53

3

Z. Qo'ziboev

“Mashal”

1

2

4

5

2

37

4

I. Sergeev

“Paxtakor”

1

2

3

3

4

32

5

N. Pavlenko

“Olmaliq”

-

1

3

2

6

23

Kim kimga ovoz berdi. To'liq ro'yxat bilan tanishing.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика