So’nggi yangiliklar

02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  6 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4

SHohruh Ishanov: "Bugun himoyaviy o'yinga etibor qaratdik" Yangiliklar

SHohruh Ishanov: "Bugun himoyaviy o'yinga etibor qaratdik"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Andijon II" – "Olimpik" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHohruh Ishanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Juda og'ir o'yin bo'ldi. "Olimpik"ning oldingi o'yinlarini batafsil ko'rib chiqqandik. Himoyaviy o'yin ko'rsatdik, ammo yigitlar hujumda ham yaxshi to'p tepishdi. Birinchi marta bunday katta maydonda to'p tepyapmiz. 

Ikkinchi taymda ko'p vaqt cho'zishlar bo'ldi. Albatta, buni ustida ishlaymiz. "Olimpik" jamoasiga kelgusi o'yinlarda omad tilayman.

- Timur Kapadze etakchilarni olib kelmadik, deb aytdi. Siz raqibdan qanday tarkibni kutgandingiz?

- Biz asosiy tarkib kelishini kutgandik va himoyaviy uslubni joriy etgandik. "Olimpik"ni birinchi tarkibimi, ikkinchi tarkibimi, hammasini asosiy deb bilaman. CHunki Olimpiya terma jamoasi yig'ilgan, kuchsiz o'yinchining o'zi yo'q. SHogirdlarimga bahs uchun rahmat aytaman. 

- Muxlislar sizni "yoshlar Pep Gvardiolasi" deb atashmoqda. Bunga munosabatingiz?

- Muxlis – bu muxlis. Ular futboldan zavq olish uchun kelishadi. O'tgan safar ham Gvardiolaga qiyoslashgandi, albatta, bundan faqat xursandman. Lekin men SHohruh Ishanovman. Jamoamiz o'yin uslubini shakllantirish uchun harakatdaman.

- Sizning tarbiyalanuvchilaringiz orasida kimlar Superligada harakatlanmoqda?

- Birinchi shogirdlarimdan Doniyor Abdumannopovni ayta olaman. Hozirgi kunda "So'g'diyona"da o'ynamoqda. O'sib kelayotgan avloddan 2005-yilda tavallud topgan o'yinchilardan umidimiz katta. 

- Hujumkor futbolchi SHahboz Jumaboevni orqaroqda o'ynatdingiz. Undan hujumda foydalansangiz, ko'proq foyda bermasmidi?

- Bugungi raqibimizdan kelib chiqib shunday qarorga keldik. Himoyaviy o'yinga etibor qaratdik.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика