SHerali Babakulov: "Natijadan ham, o'yindan ham qoniqmadim"
20 avg 2022 21:58
Yangiliklar
SHerali Babakulov: "Natijadan ham, o'yindan ham qoniqmadim"
Ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan o'rin olgan "Bam Xatun" – "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng jizzaxliklar bosh murabbiyi SHerali Babakulov fikrlarini bildirdi.

"To'g'risi, murabbiy sifatida natijadan ham, o'yindan ham qoniqmadim. Hali o'yinni tahlil qilib chiqamiz. Bugun futbolchilarimiz o'zlariga o'xshamadi. Ko'p qizlarimiz bunday darajadagi musobaqada birinchi marta o'ynashmoqda. Rasmiy bahslar baribir boshqacha ruhda kechadi. Qizlarimiz hayajonni enga olishmadi.
Bugungi uchrashuvdan xulosa qilamiz. Hali ikkinchi o'yin bor, hech narsa yo'qotilmadi.
Raqib to'g'risida malumotga ega emasdik, mana bugun o'yinini ko'rdik. Tahlil qilib, keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Maqsadimiz – navbatdagi bosqichga yo'l olish", – dedi vakillarimiz ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar