Shensnidan havas qilarli natija!
11 apr 2025 11:48
Yangiliklar
Shensnidan havas qilarli natija!
Polshalik darvozabon boshchiligidagi bu o'yinlarda "Barsa" 17 o'yinda g'alaba qozondi va uchtasida durang qayd etdi. Bu uchrashuvlarning barchasida Shensni 11 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Qolaversa, polshalik posbon bir yildan ortiq vaqt davomida klub darajasida mag'lub bo'lmadi. Darvozabonning so'nggi mag'lubiyati "Yuventus"ga 2024 yilning mart oyida A Seriya o'yinida bo'lgandi. O'shandan beri u birorta o'yinda mag'lub bo'lmadi.
2024 yilning yozida polshalik darvozabon faoliyatini yakunlamoqchi bo'lgan, biroq asosiy darvozabon Mark-Andre Ter Shtegen jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqqani uchun kataloniyaliklarning taklifini qabul qilgan. "Barselona"ga kelgach, Shensni tezda Inyaki Penyani asosiy tarkibdan chiqarib yubordi.
Avvalroq "Barselona" Shensni bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Barselona" 10 aprel kuni tunda ECHL 1/4 finalining ilk uchrashuvida "Borussiya D"ni 4:0 hisobida taslim qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar