So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

SHarof Muhitdinov: "Nasaf" sovrinli o'rinlar uchun kurashmoqchi" Yangiliklar

SHarof Muhitdinov: "Nasaf" sovrinli o'rinlar uchun kurashmoqchi"

“Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi SHarof Muhitdinov bosh jamoamiz tarkibida bir necha yildan buyon tup surib kelmoqda.

SHu vaqt mobaynida u jamoaning tajribali futbolchilaridan birigi aylanib ulgurdi. U mavsum oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Yangi mavsumga qanday hozirlik bilan kelyapsiz? Umuman olganda bu mavsumdan nima kutayapsiz?


- Jamoamiz anchadan buyon yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Mana biz ham kuni kecha OTJdagi yig'inimizni yakunlab jamoamiz safiga kelib qo'shildik. Jamoamizdagi muhit alo darajada. Bu yil ham jamoadoshlarimiz bilan birgalikda sovrinli o'rinlar uchun kurashamiz.

- Mana siz OTJ bilan birga o'quv mashg'ulot yig'inida birga bo'ldingiz, u erdagi mashg'ulot bilan klub mashg'uloti o'rtasidagi farq nimada?


- Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Har ikkala murabbiydan ham kerakli saboqlarni olib yaxshi futbolchi bo'lishga harakat qilaman. OTJ bilan birga ham yaxshi yig'in o'tkazdik. Yig'in doirasida bir necha o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilindi.

- O'zingizni jismoniy qanday holatingizni qanday baholaysiz?


- Jismoniy holatim ancha yaxshi. O'z o'yinlarim bilan muxlislarni xursand qilishga harakat qilaman.

- Jamoada qaysi futbolchi bilan ko'proq harakatlaringiz bir biriga mos keladi yani siz bilan kim yaxshi «tandem» bo'ladi oladi?


- Aynan kimnidir ajratib ko'rsata olmayman. CHunki ko'pchiligi bilan birga o'sganman va ular bilan anchadan buyon bir maydonda to'p suraman.

- Jamoa sezilarli darajada yoshardi. Superliga jamoalari tarkibida tajribali futbolchilar, legionerlar mavjud. Bu sizni cho'chitmaydimi?


- To'g'ri jamoamiz yosh lekin bu bizni tashvishlantirmaydi. CHunki yuqorida aytib o'tganimdek jamoadoshlarimni ko'pchiligi bilan anchadan buyon birgamiz. Jamoadoshlarim yosh bo'lishiga qaramay siz yuqorida aytib o'tgan futbolchilardan qolishmaydi.
 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика