Sharmandalik: Turkiyada muxlislar hakamning boshiga velosiped bilan zarba berishdi!
16 fev 22:37
Yangiliklar
Sharmandalik: Turkiyada muxlislar hakamning boshiga velosiped bilan zarba berishdi!
Malatya havaskorlar ligasida bo'lib o'tgan uchrashuvda muxlislar qanot hakamiga bolalar velosipedini uloqtirishdi.
Malatya 1-havaskorlar ligasining 10-turi doirasidagi "Darendespor" — "Hekimhan Belediesi Girmanaspor" uchrashuvi fojia bilan yakunlanishiga bir baxya qoldi.
Voqea xronologiyasi:
Vaziyat: Uchrashuvning 87-daqiqasida, hisob 1:1 bo'lib turgan paytda «Darendespor» gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Qaror: Uchrashuvning 1-qanot hakami Hakan Bashkurt vaziyatda o'yindan tashqari holat borligini qayd etib, golni bekor qildi.
Agressiya: Bu qarordan g'azablangan mezbon jamoa muxlislari maydonga turli buyumlarni uloqtirishdi. Eng dahshatlisi shundaki, tribunadan hakamga qarata bolalar velosipedi otildi.
Jarohat: Velosiped hakam Hakan Bashkurtga kelib tegdi. Zarba oqibatida hakamning chap qoshi qattiq jarohatlandi, u zarba kuchidan maydonga yiqilib, hushini yo'qotdi.
Oqibat:
Hakamga zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatildi. Ushbu holat Turkiya futboli jamoatchiligini yana bir bor larzaga soldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди
Fikrlar
1-2 marta emas, muntazam ravishda shunaqa qo'pol xatolar qilinar ekan.