So’nggi yangiliklar

01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  2 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  35 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  11 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1 23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0 23:21Шоҳмалик Комилов: "Жорий мавсум Суперлигада бирор жамоа ажралиб тургани йўқ"  1 23:10Суперлига. "Пахтакор" Навоийдан йирик ҳисобдаги ғалаба билан қайтмоқда  78 23:07Алишер Одилов: "Машғулотлардан кейин "Тривела" услубида алоҳида шуғулланамиз"  2 23:05Туркия Суперлигаси. Алиқулов жамоаси иштирокидаги ўйинда 9 та гол урилди, "Сивасспор" эса меҳмонда мағлуб бўлди  0 22:57Ҳаким Фузайлов: "Урганчдаги стадионда битта камчилик қолди холос"  2 22:48"Рома", "Милан", "Ювентус" ва "Интер" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  20 22:41Руслан Жиянов: "Гол уриш яхши, бу голлар жамоага фойда келтирса, ундан ҳам яхши"  1 22:30АПЛ. "Арсенал" Райснинг голи туфали "Ньюкасл"ни мағлуб этди  4 22:20Мирко Еличич: "Мен ишлаган "Локомотив" билан ҳозиргисининг фарқи жуда катта"   0

"SHamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi" - Vitaliy Levchenko chempionlik uchun kurash, xakamlar qarori va xorijdan bo'layotgan takliflar xaqida Yangiliklar

"SHamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi" - Vitaliy Levchenko chempionlik uchun kurash, xakamlar qarori va xorijdan bo'layotgan takliflar xaqida

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi bu yilgi mavsumda mag'lubiyatsiz odimlashda davom etmoqda.

Bunda albatta Vitaliy Levchenko boshchiligidagi murabbiylar shtabining mehnatini aytib o'tish joiz. CHempionatimizga o'tgan mavsumda kelgan murabbiy tez fursatda o'zini ko'rsata oldi va tabiiyki endilikda ko'plab jamoalar qiziqishlari doirasida turibdi. Bu borada batafsil javob olish uchun "Neftchi" ustozi bilan suhbatlashdik. 

- "Neftchi" mavsumni qanday o'tkazmoqda. CHempionatda mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'lish qanchalik qiyin?

- Mavsum hali yakunlanmadi va shu sababdan bir narsa deyish qiyin. Mavsumning aynan hozirgi qismini barqaror o'tkazmoqdamiz, ammo bosh murabbiy sifatida o'yin sifati va natijalarimizni yaxshiroq bo'lishini xohlar edim. Biz har kuni o'z ustimizda ishlamoqdamiz. O'ylaymanki, jamoa o'sishga erishmoqda.

- O'tgan mavsum bilan solishtirsak "Neftchi" natijalarni ancha yaxshilab oldi. Jamoangiz o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan? CHempionlik, OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritish yoki medallar uchun kurashish?

- Oldindan bir narsa deyishni istamayman. Bizning maqsadimiz har o'yinda g'alaba qozonish.

- "Andijon"ga qarshi kechgan uchrashuvda hakam xatoga yo'l qo'ydi va jamoangizning toza golini bekor qildi. O'yindan so'ng apellyaciya bermadingizmi?

- Men kiyinish xonasida vaziyatning takroran ko'rdim va hakamning qaroridan shubhalanib qoldim. Gol urgan futbolchimiz ofsayd holatida emas edi. O'yindan so'ng hakamlikka etiroz bildirmadim va apellyaciya ham bermadik. Bizga uch ochkoni baribir qaytarib berishmas edi.

- Eronning "Fulad" jamoasi sizga shartnoma taklif qildi degan gaplar yuribdi. SHu gaplar rostmi? "Fulad" jamoasidan kimdir siz bilan bog'landimi?

- Men bu gaplarni rost yoki yolg'on ekanligini tasdiqlamayman. Lekin shamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi.

- Kipr va Qozog'istondan ham takliflar bor deyishyapti. CHet eldan bulayotgan takliflarni ko'rib chiqyapsizmi?

- Mening agentim bor va u shunday vazifalar bilan shug'ullanadi. Hozirgi kunda agentim menga juda ko'p taklif bermoqda. Mening shartnomamda so'nggi qaror o'zimda ekanligini tasdiqlovchi kelishuv bor. Mavsum yakuniga etgach o'ylab ko'ramiz. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

- "Neftchi" legionerlar tanlovini, selekciyani qanday olib bordi bu yil? Katta klublarda sport direktorlari, skautlar ishlashadi, ayrim jamoalarda bosh murabbiyning o'zi nazorat qiladi. "Neftchi" esa holat qanday?

- Biz odatdagidek skautlar bilan ishlaymiz. Ular taklif qilgan variantlarni ko'rib chiqamiz va tahlil qilamiz.

- "Neftchi" joriy mavsum asosan gruziyalik futbolchilar bilan shartnoma tuzdi. Bunga sabab nima?

- Bu oddiy tasodif. Gruziyalik futbolchilarning o'yin uslubi bo'yicha O'zbekiston klublariga mos tushadi va shu sababdan so'ngi yillarda Superligada gruziyalik futbolchilar soni ko'paydi.

- Tojikiston federaciyasi sizga shartnoma taklif qildimi?

- Savolingizga javob bera olmayman. Bir narsani aytishim mumkinki, Tojikiston terma jamoasida hozir bosh murabbiyi bor.

- O'zbekistonlik hamkasblaringizdan kimni eng yaxshisi deb ayta olasiz?

- Menga Ro'ziqul Berdievning ishi yoqadi. Men shaxsiy fikrimdan kelib chiqib, Ro'ziqul Berdievni aytgan bo'lardim. 

- CHempionatimizning boshqa klublarida o'zingizni tasavvur qila olasizmi?

- Men bor xayolim bilan "Neftchi"daman va ayni paytda boshqa narsa haqida o'ylamayapman.

- Yozgi transferlar oynasida jamoangiz barcha istagan poziciyalarni kuchaytira oldimi?

- Bosh murabbiy har doim kuchliroq futbolchilar bilan ishlashni istaydi. Biz o'zimizning imkoniyatlarimizdan kelib chiqib transferlarni amalga oshirdik.

- Antoni Kontedan ko'p narsa o'rganishingizni va unga havas qilishingiz rostmi?

- Ha, Konte va Gasperini kabi murabbiylarga o'xshashga harakat qilaman. Taktika, o'yin analizi bo'yicha ko'p narsalarni ulardan o'rganaman.

- "Neftchi" jamoasi futbolchilar oldidagi qarzlarini yopdimi?

- Bu ish bilan rahbariyat shug'ullanadi va ular ushbu muammoni hal etish uchun barcha ishni qilishmoqda.

- Mavsum avvalida darvozani Akbar To'raev qo'riqlayotgandi, hozir esa Vladimir Nazarov asosiy tarkibda o'ynamoqda. "Neftchi" jamoasi asosiy darvozabonni qanday tanlaydi?

- Bizda ikki nafar darajasi bir xil darvozabon bor. Ularning so'nggi bir hafta ichidagi harakatlarini tahlil qilamiz va keyin bir qarorga kelamiz.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика