Shahzoda Uilyam: "O'z vataningda sevimli ingliz jamoang o'yinlarini ko'ra olmaslik asabiylashtiradi"
15 mar 13:46
Yangiliklar
Shahzoda Uilyam: "O'z vataningda sevimli ingliz jamoang o'yinlarini ko'ra olmaslik asabiylashtiradi"
Britaniya taxti vorisi "Aston Villa" jamoasiga muxlislik qiladi.
– Men uchun "Villa Park" stadioniga borish unchalik oson emas, lekin men imkon qadar ko'proq o'yinlarni – stadionda yoki televizor orqali ko'rishni yaxshi ko'raman.
Men Chempionlar Ligasining barcha o'yinlariga borishga harakat qildim, chunki jamoa yaxshi formada bo'lganda bu imkoniyatdan to'liq foydalanish kerak.
Uydagi eng katta muammo – bazan televizordan [translyaciyani] topishga urinish, chunki shanba kuni soat 15:00 da bizda blekaut bo'ladi va bu juda jaxlni chiqaradi.
– Siz qaroqchi translyaciyalardan foydalansangiz bo'lardi...
– Xa-xa, bu haqda izoh bermayman. Men Villa TV uchun pul to'layman, shu sabab men voqealardan xabardorman.
Lekin bizning mamlakatimizda hali ham o'z jamoamizning Premer-ligadagi o'yinini ko'ra olmasligimiz juda asabiylashtiradi, biroy chet elga borsangiz istalgan o'yinni istalgan vaqtda ko'rishingiz mumkin" – dedi shahzoda Uilyam.
Shanba kuni tushdan keyin, ko'pchilik o'yinlar o'tkaziladigan paytda, televizion translyaciyalarni to'xtatish qoidasi 1960 yillarda joriy qilingan, bu esa muxlislarni quyi liga o'yinlariga borishga undash maqsadida amalga oshirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar