Shahboz Umarov: “Qozog'iston chempionati o'sdi, u erni kuchsiz deganlarga Superligada ham o'zimni ko'rsatmoqchiman”
08 fev 08:20
Yangiliklar
Shahboz Umarov: “Qozog'iston chempionati o'sdi, u erni kuchsiz deganlarga Superligada ham o'zimni ko'rsatmoqchiman”
O'yindan so'ng qishki transferlar oynasida jamoaga kelib qo'shilgan yarim himoyachi Shahboz Umarovga bir nechta savollar bilan yuzlandik.
“Orenburg” bilan o'ynadik, yaxshi o'yin bo'ldi. Jismoniy holatimizni tekshirishni maqsad qilgan edik. Nazorat o'yinlarida murabbiylar natija muhim emasligini, futbolchilar bir-birlarini tushanib olishlari, o'yinni tiklash kerakligini aytishdi”,- deydi Shahboz Umarov.
- Besh yillik tanaffusdan so'ng O'zbekistonga qaytdingiz. Bu vaqtda Belarus va Qozog'iston klublari bilan sovrinlarga ega chiqdingiz. Qaytish qanday bo'ldi?
- Qaytganimdan xursandman. Qozog'iston chempionatida to'p tepdim. O'zbekiston Superligasida o'zimni ko'rsatishga ishtiyoq yuqori edi. Hamma Qozog'iston chempionatini kuchsiz deydi, ularga o'zimni ko'rsatmoqchiman.
- “Qayrat” ECHLda o'ynadi. Demak, Qozog'iston chempionati kuchsiz emas...
- Ko'pchilik solishtiradi. Biror narsa yutsangiz kuchsiz liga deb baholashadi. Shuning uchun o'z darajamni ko'rsatishga harakat qilaman.
- “Bunyodkor”ga o'tishingiz qanday yuz berdi?
- Boshqa jamoalardan ham takliflar bor edi. Lekin “Bunyodkor”ga o'tishga qaror qildim. Ilyos Zeytullaev bilan gaplashdim, menga ishonch bildirdi.
- Uchta ligada to'p tepgansiz. Qozog'iston va Belarus chempionati o'syaptimi?
- Belarus chempionatini bilmadim, lekiAn Qozog'iston o'sdi.
- Avvalgi jamoalaringiz BATE, “Energetik- BGU”ni kuzatyapsizmi?
- Kuzatmay qo'ydim, chunki 2-3 yilda chempionat kuchsizlandi. Husanov ham ketib qoldi. Kuzatadigan odamlarim Abduqodir va Bobir edi. Husanov bilan bitta joyda turganmiz
- Bu yilgi chempionatdan nima kutyapsiz?
- O'zbekistonda deyarli o'ynamaganman. Qandaydir narsa kutmayapman. Lekin o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar