So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   7 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

SHackix: "Superligada barcha maydonlar yaxshi bo'lishini istardim" Yangiliklar

SHackix: "Superligada barcha maydonlar yaxshi bo'lishini istardim"

Coca Cola Superligasi 15-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin qiziqarli va keskin kechdi. Birinchi bo'limdagi vaziyatlarning o'zidan samarali foydalanganimizda bahs taqdirini hal etishimiz mumkin edi. Biroq ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda "Neftchi" bizga muammo yaratishga urindi, lekin qizil kartochkadan so'ng to'liq ustunlikka ega bo'ldik. Ikkinchi gol o'yinni deyarli yakunladi. Keyin to'pni xotirjam nazorat qilib, bahsni nihoyasiga etkazdik.

Jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilardan ko'nglim to'lmoqda. Taktik uslubga har bir o'yinchi ko'nikib olgach, yanada yaxshiroq futbol ko'rsatamiz.

Har bir raqib jiddiy qiyinchilik tug'dirishi mumkin. "Neftchi" oxirgi o'rinlarda bormoqda, lekin jiddiy muammo yaratadigan jamoa. Superligada barcha maydonlar yaxshi bo'lishini istardim. SHunda o'yinlar tezroq, keskinroq bo'ladi. Ushbu maydon holati yomon emas, ammo uch jamoaning o'yin o'tkazayotgani sababli yuklamaga chiday olmasligi mumkin. Keyingi yil Farg'onada o'ynashdan xursand bo'lamiz. Futbol ishqibozlar uchun o'ynaladi", — dedi "sherlar" ustozi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика