So’nggi yangiliklar

11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  4 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  2 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  6 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  9 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  42

"SHabab Al Ahli" ustozi: "Bu hayot va o'lim qarama-qarshiligi" Yangiliklar

"SHabab Al Ahli" ustozi: "Bu hayot va o'lim qarama-qarshiligi"

Ertaga, 20 sentyabr kuni OCHL G'arb mintaqasida 5-turga start beriladi.

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi BAAning "SHabab Al Ahli" klubiga qarshi bellashadi. Bugun ana shu uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

SHota Arveladze: "OCHLni marafonga qiyoslasak, buyog'iga tezlik olmasak bo'lmaydi"

Unda "SHabab Al Ahli" bosh murabbiy Jerar Saragosaga yaqindagina "Al Hilol"dan kelib qo'shilgan braziliyalik legioner Karlos Eduardo hamrohlik qildi.

Jerar Saragosa: "Biz ertaga etakchi murabbiy va yaxshi o'yinchilarga ega kuchli va tajovuzkor jamoaga qarshi to'qnash kelamiz. Bu finalga xos o'yin bo'ladi. Qaysidir manoda hayot va o'lim qarama-qarshiligi, chunki g'alaba guruhdan chiqish imkoniyatlarimizni oshiradi. Biz jamoani raqibni mag'lub etsa bo'ladigan o'yinga tayyorladik".


- Bizdan talab qilinadigan narsaga erishish uchun birgalikda kurashishimiz zarur. Bizda ko'rsatmalarni maydonda bajara oladigan tajribali etakchi o'yinchilar bor va biz doim ulardan eng yaxshisini kutamiz.

- O'ylashimcha, bu oldingi ikki o'yindan juda katta farq qilmaydi. "Paxtakor" daraja bo'yicha Eron klubi ("SHahr Xodro")dan kuchli. Maqsadimizga etish uchun barcha yo'naliklarda kuchli bo'lishga umid qilamiz. O'yinimizni yanada kuchaytirishga yordam beradigan bazi o'zgarishlarga qo'l uramiz.


Karlos Eduardo: "Qiyin qarama-qarshilik bo'ladi, chunki kuchli raqib bilan o'ynaymiz. Biz buni final o'yini deb hisoblaymiz, shu sabab unga yaxshi tayyorlandik. Bu hayot emas, "o'lim" bahsi. Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini oshirish uchun g'alaba qozonishimiz shart".


- Jamoadagi sheriklarim bilan hamkorlik sabab tez kirishib ketdim. O'yin uslubim oldingi jamoam ("Al Hilol")dagidan biroz farq qilishi mumkin. Jismoniy tayyorgarligimni tiklash va keyingi ikki o'yinga 100 foiz tayyor bo'lish uchun ko'p ishladim.

Eslatib o'tamiz, "SHabab Al Ahli" - "Paxtakor" bahsi ertaga mahalliy vaqt bilan 21:00 (toshkent vaqti bilan 23:00)da start oladi. Bahs "Al Janub" stadionida o'tkaziladi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика