So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Server Jeparov: "Nasaf"ga qarshi himoyaviy taktika tanladik va bu samara keltirdi" Yangiliklar

Server Jeparov: "Nasaf"ga qarshi himoyaviy taktika tanladik va bu samara keltirdi"

Coca Cola Superligasining 17-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Server Jeparov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bugun o'yin qiziqarli bo'ldi, ayniqsa oxirgi daqiqalar. Biz bugun himoyaviy taktika tanladik. Ko'pchilikka himoyaviy taktika yoqmaydi, ammo futbolda har qanday usulda o'ynashni bilish kerak. "Nasaf" klubi va Ro'ziqul Berdievning ish uslubi tufayli himoyaviy taktika tanladik hamda bu ish berdi. Bizda gol urish uchun ham vaziyatlarimiz bo'ldi", - dedi Jeparov.  

- Rahbariyat oldingizga aniq vazifa qo'yildimi?

- Jamoa oldiga har bir o'yinda g'alaba qozonish vazifasi qo'yildi. Musobaqa jadvalida yuqoriga ko'tarilishga intilamiz. 

- Ikkita taymda ikki xil o'yin bo'ldi...

- Doim birinchi taymda kamroq bo'sh zonalar bo'ladi, ikkinchi taymda kuchlar kamroq qoladi va bo'sh zonalar kattalashadi. "Nasaf" kombinacion o'yin namoyish etdi. Ammo bunga qarshi tayyor edik. 

- Nurmuhammad Toshpo'latov bugun asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu tavakkal edimi? 

- Biz raqib jamoaga tayyorgarlik ko'rdik, o'z futbolchilarimizning holatini ham bilamiz. SHu bois uni maydonga tushirdim. 

- Jasur Jaloliddinov tajribali futbolchi. Nima uchun almashtirdingiz? 

- To'g'ri u tajribali, ammo shu bilan birga yosh futbolchi. Bugungi kunga kelib afsuski katta hajmdagi ishni amalga oshirmayapti. SHu bois hujumni kuchaytirish uchun boshqa futbolchini tushirdim", deya qo'shimcha qildi "temiryo'lchilar" ustozi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика