So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   6 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Server Jeparov: "Gol urish uchun nimadir etishmayapti" Yangiliklar

Server Jeparov: "Gol urish uchun nimadir etishmayapti"

O'zbekiston Kubogi 1/4 finali doirasida "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Server Jeparov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- O'yinning birinchi bo'limi biz uchun unchalik yaxshi o'tmadi. Standartdan gol o'tkazib yubordik. O'yin davomida ko'p narsalarni o'zgartirishga, o'yinni boshqatdan qurishga harakat qildik, sxemani o'zgartirdik. Afsuski, nimadir etmadi, gol urishga vaziyatlarimiz ham bo'ldi.

- Taktik o'yindan qoniqdingizmi?

- Taktik o'yinimizdan mamnunman. Yigitlar rejaning katta qismini bajara olishdi. Himoyada yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Albatta, nyuanslar bor. Bu borada ishlash kerak. Umuman olganda yigitlardan o'yinga o'zini bag'ishlagani, g'alabaga chanqoqligi tomonlama mamnunman.

- Tarkib o'tgan safargisi kabi deyarli bir xil. Biroq o'yin uslubi bu safar o'zgardi. Jamoani o'zgartirish uchun nimalar qilyapsiz?

- Ilk navbatda barcha futbolchilar bir xil o'ylashi kerakligini istayman. Ikkinchi navbatda esa, texnik harakatlarni yaxshiroq bajarishlarini xohlayman.

- Klub Sizning oldingizga ushbu turnirda qandaydir vazifa qo'yganmidi?

- Albatta. CHunki turnir jadvalida ham unchalik yaxshi joyda emasmiz. Biroq jamoalar zich joylashgan. 2-3 g'alaba orqali OCHL pog'onalariga chiqib olishimiz mumkin. Jamoaning oldida vazifa bor. 

- Kubokda 4 jamoa qoldi. Kimlar finalga chiqadi deb o'ylaysiz?

- Oldin jamoalarning juftliklarini ko'raylik. Hozir to'rttala jamoa ham yarim final uchun loyiq. Bir o'yinda barchasi o'zgarib ketishi mumkin. SHu sababli oldindan nimadir deb bo'lmaydi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика