So’nggi yangiliklar

23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  2 22:50"Барселона" — "Реал". Таркиблар маълум  23 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  9 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 20:50"Бавария" — "Вольфсбург". Таркиблар маълум  4 20:34"Манчестер Юнайтед" — "Брайтон". Таркиблар маълум  19 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1

Serial davom etadi. Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda Yangiliklar

Serial davom etadi. Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda

Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarish imkoniyatiga ega.

"Real Madrid" bosh murabbiyi Braziliya terma jamoasiga tayinlanishga yaqin edi, biroq kelishuv buzilgani xabar qilingan edi. Buning asosiy sabablaridan biri "qaymoqranglilar"ning italiyalik mutaxassisni klublar o'rtasidagi jahon chempionatigacha qo'yib yuborishni istamasligi va shartnomaning so'nggi yili uchun kompensaciya to'lashdan bosh tortishi edi.  

Biroq Marca nashri Karlo Anchelottining atrofidagi manbalarga tayanib xabar berishicha, murabbiy "Madrid"dan pul talab qilmagani va klub uning yangi ishga o'tishiga hech qanday to'siq qo'ymaganini iddao qilmoqda.  

Шuningdek, Braziliya bilan kelishuv Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi Anchelottiga yiliga 50 million evro taklif qilgani tufayli buzilgan bo'lishi mumkinligi aytilgan edi. Ammo murabbiyning bazi vakillari bunday taklif haqida hech narsa eshitmaganini bildirishdi, shuning uchun agar taklif bo'lsa ham, bu borada aniq malumot yo'q.  

Bundan tashqari, Anchelottining Braziliyaga ko'chib o'tishdan, xususan, xavfsizlik masalasida xavotirlari borligi ham aytilmoqda.  

Шunga qaramay, RadioMarca jurnalisti Ramon Alvares de Mon Anchelottining Braziliya terma jamoasi murabbiyligiga tayinlanishi hali ham imkonli ekanligini iddao qilmoqda.  

Karlo Anchelotti va Braziliya futbol konfederaciyasi (CBF) vakillari muzokaralarni davom ettirmoqda va mavjud shartnoma loyihasi ustida ishlashyapi. Tomonlar o'rtasida yangi uchrashuv bugunga rejalashtirilgan. Anchelotti "Real" uning ketishi bilan bog'liq hech qanday muammoga duch kelmaydi, deb hisoblaydi.

Insayderning takidlashicha, soliq masalasi muhim rol o'ynaydi. Agar murabbiy KJCH "Real"ni boshqarsa va kelasi mavsumda jamoada ishlamasa ham Ispaniya soliq xizmatiga katta miqdorda soliq to'lashi kerak bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика